"Davolandim, ahvolim yaxshi. Ammo 2-3-marta test topshirsam ham natija musbat. Nima qilay?" — dolzarb savollarga aniq javoblar

15:22 30 Oktyabr 2020 Jamiyat
341 0

Kecha AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Odilova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda aholidan tushayotgan muhim savollarga javob qaytarildi.

Savol: Menda koronavirus aniqlandi. 10 kun shifokor tavsiyasi boʻyicha davolandim. Qayta test topshirsam, yana natija musbat chiqdi. Shu holat 2-3-marta takrorlandi. Oʻzimni yaxshi his qilyapman. Kasallik varaqam yopilgan, lekin test musbat chiqqani uchun ishxonaga kirgizishmayapti. Nima qilay?

— JSST maʼlumotlariga koʻra, virus yuqtirgan yoki tashuvchi insonlarning virusdan xalos boʻlish muddati haqida aniq maʼlumotlar yoʻq.

Lekin ayrim holatlarda 3 oygacha yuqumli boʻlishi mumkinligi keltirilgan maʼlumotlar bor. Sizning vaziyatingizda shifokor nazoratida davolanishingiz zarur, davolanish jarayonida kasallik varaqasi beriladi.

Savol: Dokadan tikilgan niqob necha qavat boʻlishi kerak?

Javob: Dokadan tikilgan niqob 6-8 qavatgacha boʻlishi kerak va uni har 3 soatda almashtirish, ishlatilganidan keyin yuvib-dazmollab qayta foydalanish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?