Baxtiyor Umarov Davlat turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

11:54 28 May 2018 Siyosat
1674 0

Baxtiyor Umarov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda "Xalq so‘zi" o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Umarov bunga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligi birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Aziz Abduhakimov Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?