Davlat test markazi qoʻshimcha test oʻtkazish sanasini maʼlum qildi

18:05 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
253 0

Davlat komissiyasining 2020-yil 13-sentyabrdagi 4-son bayonida joriy yil 2-13-sentyabr kunlari oʻtkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori boʻlgan hamda test sinovi oʻtkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun test sinovlarini 2020-yil 17-sentyabr kuni tashkil etish belgilangan.

Mazkur abituriyentlar uchun test sinovlari 2020-yil 17-sentyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 8:00 dan 11:00 ga qadar, Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Botanika bogʻida 15:00 dan 18:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.

Abituriyentlardan test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kamida 1 soat oldin, shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish soʻraladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?