Davlat tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi

12:44 19 Aprel 2019 Siyosat
428 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

19 aprel kuni Koʻksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi. Davlat rahbarlari shohsupaga koʻtarildi. Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi.

Мarosimda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya rasmiy delegatsiyasi aʼzolari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ham hozir boʻldi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?