Davlat statistika qoʻmitasi va Isteʼmolchilar federatsiyasi bozorlardagi goʻsht mahsulotlarining narxini oʻrganib chiqdi. Natija qanday?

10:43 15 Avgust 2019 Jamiyat
231 0

Bugun bozorlarimizda goʻsht narxining tez fursatlarda oʻzgarishi isteʼmolchilarda turli savollarni yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda. Kimdir bundan norozi boʻlsa, yana kimdir narx oshishini sabablarini anglagandek boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hamda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorlikda har hafta davomida isteʼmol savati uchun zarur mahsulotlarning narx-navosini oʻrganib, tahlil etib bormoqda.

Qoraqalpogʻiston

Davlat statistika boshqarmasi Qoraqalpogʻiston hududida sotilayotgan goʻsht mahsulotlari narxini eʼlon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan shahar va tuman markaziy dehqon bozorlarida 2019-yil 13-avgust kuni oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Kuzatuv natijasiga koʻra, Nukus dehqon bozorida Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi 30000 soʻmdan, maksimal narxi 40000 soʻm oraligʻida kuzatilgan.

Bir hafta oldin, yaʼni 06-avgust kuni mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi 28000 soʻmdan sotilayotgani eʼlon qilingan edi.

* * *

Sirdaryo

Oʻzbekiston Respublikasi Isteʼmolchilar federatsiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatining tuman va shahar bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuvda goʻsht mahsulotlarining quyidagi narxlarda sotilayotgani ayon boʻldi.

Mol goʻshti hamda qoʻy goʻshti (soʻm)

1. Sirdaryo tuman — 48.000 — 50.000

2. Sayxunobod tumani — 47.000 — 50.000

3. Guliston tuman — 47.000 — 50.000

4. Boyovud tuman — 46.000 — 50.000

5. Xovos tuman — 47.000 — 50.000

6. Oqoltin tuman — 48.000 — 50.000

7. Sardoba tuman — 41.000 — 45.000

8. Mirzaobod tuman — 47.000 — 50.000

9. Guliston shahar — 47.000 — 50.000

10. Yangi yer shahar — 48.000 — 50.000

11. Shirin shahar — 45.000 — 50.000

* * *

Buxoro

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi tomonidan Buxoro viloyati bozorlari oʻrganilganda, shu kunlarda goʻsht mahsulotlari narxi quyidagicha baholanmoqda:

Buxoro shahrida — eng arzon mol goʻshti 38 000 soʻm, eng qimmat narx 43 000 ni koʻrsatmoqda. Qoʻy goʻshti eng arzon 35 000 soʻm, eng qimmati 38 000 soʻmni koʻrsatmoqda.

Kogon shahrida – mol goʻshtining eng arzon narxi 46 000 soʻm, eng qimmat narxi 47 000 soʻm. Qoʻy goʻshtini eng arzon narxi 40 000 soʻm, qimmat narxi 42 000 soʻmni koʻrsatmoqda.

Buxoro tumanida – mol goʻshtining eng arzon narxi 39 000 soʻm, eng qimmat narxi 42 000 soʻm. Qoʻy goʻshti 38 000 soʻm, qimmati 40 000 soʻm.

Kogon tumanida – mol goʻshtining eng arzon narxi 46 000 soʻm, eng qimmati 47 000 soʻmga sotilmoqda. Qoʻy goʻshti eng arzon narxi 40 000 soʻm, eng qimmati 42 000 soʻm ekanligi maʼlum boʻldi.

Olot tumanida – mol goʻshti 40 000 soʻmdan 44 000 soʻmgacha sotilmoqda, qoʻy goʻshti 35 000 soʻmdan 39 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Qorakoʻl tumanida – mol goʻshti 42 000 soʻmdan 46 000 soʻmgacha, qoʻy goʻshti 36 000 soʻmdan 38 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Jondor tumanida – mol goʻshti 44 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha, qoʻy goʻshti 35 000 soʻmdan 37 000 soʻmgacha baholanmoqda.

Gʻijduvon tumanida – mol goʻshti42000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha, qoʻy goʻshti 40 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Vobkent tumanida – mol goʻshti 45 000 soʻmdan 46 000 soʻmgacha, qoʻy goʻshti 44 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Shofirkon tumanida – mol goʻshti 44 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha, qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha sotilayotgani kuzatildi.

Peshku tumanida – mol goʻshti 43 000 soʻmdan 45 000 soʻmgacha, qoʻy goʻshti 38 000 soʻmdan 40 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Romiton tumanida – mol goʻshti 38 000 soʻmdan 44 000 soʻmgacha, qoʻy goʻshti 37 000 soʻmdan 39 000 soʻmgacha sotilayotgani kuzatilmoqda.

Maʼlumot tariqasida shuni aytish lozimki, Buxoro viloyati aholisi iqlim sharoiti va turmush tarzidan kelib chiqqan holda mol goʻshti mahsulotini koʻproq isteʼmol qiladi.

Yuqorida keltirilgan maʼlumot Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi tomonidan bir kun davomida olingan maʼlumot boʻlib bu suyakli goʻshtlar uchun qoʻyilgan narxlardir. Har kunlik narx-navo oʻzgarmas yoki aholini butunlay qoniqtirmoqda, deya olmaymiz!

OʻzA


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?