Davlat soliq qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi

21:53 11 May 2018 Siyosat
3536 0

 

Musayev Bexzod Anvarovich Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu xaqda "Xalq so‘zi online"ga Davlat soliq qo‘mitasidagi manba ma’lum qildi

Musayev Bexzod Anvarovich bungacha Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. U shu yilning 12 martida ushbu lavozimga tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 11 may kuni 2004 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Botir Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?