Davlat soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:54 05 Iyun 2018 Jamiyat
1444 0
Foto: soliq.uz

Fayzibayev Alimjan Elchiyevich Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati “Xalq so‘zi”ga ma’lum qildi.

Fayzibayevni yangi lavozimga tayinlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi tegishli Farmoni imzolangan.

Alimjan Fayzibayev davlat soliq xizmati tizimida faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i vazifasidan boshlagan.

Keyinchalik turli rahbar lavozimlarida, xususan 2000-2013 yillarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Shayxontohur va Bektemir tumanlari davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i lavozimida ishlagan.

U 2017 yil may oyidan buyon Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?