Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar qanday holatlarda mukofotlaridan mahrum etilishi mumkin

10:01 12 Aprel 2018 Hujjatlar
531 0

Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan shaxslar quyidagi hollarda ulardan mahrum etilishi mumkin:

shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilinganda — sudning taqdimnomasiga binoan; 

shaxs o‘z sha’ni va qadr-qimmatini badnom etuvchi xatti-harakat sodir etganda — taqdirlash to‘g‘risida taqdimnoma kiritish huquqiga ega bo‘lgan organ yoki tashkilotning taqdimnomasiga binoan.

Davlat mukofotlaridan mahrum etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat mukofotlaridan mahrum bo‘lganlik belgilangan imtiyozlar bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

Davlat mukofotidan mahrum etilgan shaxsga tegishli davlat mukofoti va unga doir guvohnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaga qaytarilishi lozim.

Qonunga zid ravishda hukm qilingan va to‘liq oqlangan shaxslarning davlat mukofotlariga bo‘lgan huquqlari qonun hujjatlariga muvofiq tiklanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?