Davlat xizmatlari agentligi uchun hududlarda innovatsion binolar barpo etiladi

17:21 27 Iyul 2018 Jamiyat
340 0
Foto: uza.uz

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning tizimidagi 200 dan ortiq davlat xizmatlari markazlari xalqqa yaqin bo‘lish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish, turli buyruqbozlik va sansalorliklarga barham berish kabi ezgu maqsadlarga intilmoqda.

Agentlik bergan ma’lumotlarga ko‘ra, markazlar orqali taqdim etilayotgan xizmatlar turlarining ortishi ularga odamlar oqimi ko‘payishiga olib kelmoqda.

Jumladan, o‘tgan yili markazlarga 1 kunlik aholi oqimi o‘rtacha 20 — 40 kishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 350 — 600 tani tashkil etmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, yangi, zamonaviy, innovatsion, tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulaylikni o‘zida mujassam etgan binolarni barpo etishni zamon talab qilmoqda. Bu borada Agentlik mutasaddilari izlanishlar olib boryapti.

Dastlab Namangan shahrida, keyinchalik esa Qo‘qonda barpo etilib xalqqa xizmat ko‘rsatayotgan binolarning mantiqiy davomi sifatida Andijon, Samarqand, Nukus, Mirzacho‘l, Termiz va Toshkent shaharlarida ham Davlat xizmatlari markazlarining innovatsion binolarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishga kirishildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?