Davlat dasturida banklar ishtiroki qanday?

17:20 28 Sentyabr 2018 Jamiyat
531 0

Ayni paytda “Oʻzsanoatqurilishbank” tomonidan “Obod qishloq” dasturi doirasida 126 ta loyihani moliyalashtirish uchun umumiy hajmi 42 mlrd. soʻmga yaqin kredit liniya ochilgan.

Bundan tashqari manzilli reja asosida qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida sartaroshxona, goʻzallik saloni va boshqa xizmat turlarini oʻz ichiga olgan maishiy xizmat koʻrsatish majmualari hamda hammomlar barpo etilmoqda. Bu esa aholining turmush farovonligini taʼminlashi barobarida yangi ish oʻrinlari yaratilishiga ham zamin boʻlayotir.

Ana shunday obod maskanlar qatorida Andijon viloyati Asaka tumani “Qayragʻoch”, Navoiy viloyati Nurota tumani “Chuya”, Fargʻona viloyati Oltiariq tumani “Tinchlik” mahalla fuqarolari yigʻinlarini aytish mumkin. Mazkur hududlarda bank koʻmagida qator obodlik, bunyodkorlik ishlari olib borildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?