Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi oʻzgardi

11:32 30 Sentyabr 2019 Jamiyat
107 0

Illyustrativ foto

Hukumat qarori (819-son, 27.09.2019-y.) bilan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali qildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, olib qoʻyilgan tez buziladigan mahsulotlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir kun etib belgilandi.

Shuningdek, davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulklar sotilishini taʼminlashda mahalliy hokimiyat organlari savdo oʻrinlari va yarmarkalar tashkil etish orqali savdo tashkilotlariga koʻmaklashadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?