Davlat byudjetidan ajratilgan 37 mlrd. so‘m hamda 7 mln. dollar noqonuniy va samarasiz xarajatlar ekani aniqlandi
Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Hisob platasining 2017 yildagi faoliyatigi oid hisoboti ko‘rib chiqildi.
O‘zA xabariga ko‘ra, ushbu masala yuzasidan Hisob palatasi raisining o‘rinbosari Olimjon Rustamov ma’ruza qildi.
Qayd etilganidek, 2017 yilda Hisob palatasi tomonidan 70ga yaqin tahliliy o‘rganish va nazorat tadbiri tashkil etilib, uning 49 tasi bevosita joylarda, qolgani vazirlik va idoralarda o‘tkazilgan.
2018 yil Davlat byudjeti loyihasi va soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishda Hisob palatasi tomonidan takliflar tayyorlangan va Moliya vazirligiga taqdim etilgan. Ushbu takliflar asosida byudjet daromadlari prognozi 1,4 trln. so‘mga qayta hisob-kitob qilindi.
Davlat byudjetining respublika va mahalliy darajadagi shakllanishi hamda uning ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatilib, davlat mablag‘larining qonuniy, maqsadli, samarali sarflanishi byudjetdan moliyalashtiriluvchi vazirlik va idoralar misolida o‘rganib chiqildi.
Nazorat tadbirlari natijasida jami 37 mlrd. so‘mlik va 7 mln. dollarlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar hamda 270 mlrd. so‘mlik qo‘shimcha daromad manbalari aniqlandi.
Senatorlar davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish, byudjet daromadlari manbalaridan to‘liq foydalanish, joylardagi sektorlar rahbarlarining ish faoliyatiga baho berish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Prezident qarorlari va farmoyishlaridagi topshiriqlarning bajarilishini nazorat qilish samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligini qayd etildi.
Muhokama yakuni bo‘yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: