Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

09:55 16 Avgust 2019 Jamiyat
82 0

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruq 2019 yil 15 avgust kuni Аdliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Mazkur ro‘yxatda belgilangan kasalliklarga chalingan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan yo‘llanma olgan shaxslarga byudjet mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam koʼrsatiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?