“Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida

09:28 19 Oktyabr 2018 Hujjatlar
695 0

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 sentyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi 472–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil, № 9, 230-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; № 12, 657-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda, 
№ 12, 452-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                 Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2018 yil 18 oktyabr

№ OʻRQ—502


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?