Davlat boji toʻgʻrisida

09:58 07 Yanvar 2020 Hujjatlar
3005 0

Oʻzbekiston Respublikasining qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda maʼqullangan

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi

Ushbu Qonunning maqsadi davlat bojini belgilash, undirish, uni qaytarish va uni toʻlashdan ozod qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 

2-modda. Davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari

Davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʻllaniladi.

3-modda. Davlat boji turlari

Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy toʻlovdir.

Davlat boji turlari jumlasiga quyidagilar ham kiradi:

Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun toʻlanadigan konsullik yigʻimi;

ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, tovar belgilariga, xizmat koʻrsatish belgilariga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza berish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun toʻlanadigan patent boji.

4-modda. Davlat bojini toʻlovchilar

Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va oʻziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini toʻlovchilardir.

5-modda. Undirish obyektlari

Davlat boji quyidagilardan undiriladi:

1) fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan), alohida tartibda yuritiladigan ishlarga doir arizalardan, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi arizalardan, chet davlat sudining hamda chet davlat hakamlik sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;

2) iqtisodiy sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, tashkilotlarni va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalardan, nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalardan, iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalardan, iqtisodiy sudning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish haqidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi, sud jarimalarini solish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi arizalardan, hakamlik sudining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar boʻyicha iqtisodiy sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, chet davlat sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi arizalardan, chet davlat sudining (arbitrajining) hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlar boʻyicha sud ajrimlari ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek iqtisodiy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;

3) maʼmuriy sudlarga beriladigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi arizalardan, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, saylov komissiyalarining harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi, notarial harakatni sodir etishni, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlarini qayd etishni rad etganlik yuzasidan nizolashish yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi, davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlaganlik ustidan beriladigan shikoyatlardan, maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish haqidagi, sud jarimalarini solish toʻgʻrisidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek maʼmuriy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va koʻchirma nusxalarini berganlik uchun;

4) notariuslar va Oʻzbekiston Respublikasining konsullari tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun;

5) fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun, shuningdek fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilganligi toʻgʻrisida takroriy guvohnoma berganlik uchun hamda fuqarolik holati dalolatnomalari yozuviga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar, tuzatishlar kiritilishi va uning qayta tiklanishi munosabati bilan guvohnoma berganlik uchun;

6) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini, shu jumladan chet elga chiqish uchun, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxsning biometrik yoʻl hujjati berilganligi uchun, chet eldan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqini beruvchi hujjatlarni, Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish toʻgʻrisida hujjatlarni berganlik uchun, yashash guvohnomasini berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisida beriladigan arizalardan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turar joyga qayd etganlik va roʻyxatdan chiqarganlik, turgan joyi boʻyicha hisobga olganlik uchun, shuningdek chet davlatlar fuqarolarini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni turar joyga qayd etganlik va roʻyxatdan chiqarganlik uchun;

7) yuridik shaxslarni va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun;

8) ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun;

9) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish uchun;

10) chet ellik yuridik shaxslardan koʻrgazma yuklarini rasmiylashtirganlik, chet ellik yuridik shaxslarga bojxona yuk deklaratsiyasi blanklarini realizatsiya qilganlik uchun;

11) xalqaro jamoat tashkilotlarini roʻyxatga olganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan diniy tashkilotlar, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari xodimlarini, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan oila aʼzolarini akkreditatsiya qilganlik, maxsus roʻyxatga olinishi kerak boʻlgan mol-mulkni boshqa shaxsga berish shartnomalarini tasdiqlaganlik, baholanishi lozim boʻlgan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet ellik fuqarolari bilan nikohlarini, shuningdek chet ellik fuqarolarning oʻzaro nikohlarini roʻyxatdan oʻtkazganlik, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariningchet ellik fuqarolar bilan hamda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan yoki aqliy zaiflik yoki ruhiy kasallik tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar bilan yoki jinoyati uchun kamida uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohini bekor qilishni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun;

12) chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga kirish yoki kirish-chiqish vizalarini berganlik va ularning amal qilish muddatini uzaytirganlik, chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga koʻp martalik chiqish-kirish vizalarini rasmiylashtirganlik, chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni kirish vizasining amal qilish muddati davriga vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazganlik va vizaning amal qilish muddati uzaytirilgan davrda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni uzaytirganlik uchun, MDHga aʼzo davlatlar fuqarolarini, shuningdek fuqarolik haqida belgilari boʻlmagan sobiq SSSR pasportlari bilan MDHga aʼzo davlatlaridan kelgan shaxslarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazganlik, chet ellik fuqaroning, shu jumladan MDHga aʼzo davlatlar fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashga oid hujjatlarini koʻrib chiqqanlik va rasmiylashtirganlik, chet ellik fuqaroga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatning yoʻqolganligi haqidagi maʼlumotnomani berganlik uchun;

13) chet el tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilganlik uchun;

14) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalar va ruxsatnomalar berganlik uchun.

6-modda.Davlat boji stavkalarining miqdorlari

Davlat boji stavkalarining miqdorlari ushbu Qonun ilovasiga muvofiq belgilanadi. *

2-bob. Davlat bojini toʻlashdan ozod qilish

7-modda.Davlat bojini toʻlashdan ozod qilish

Davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qatʼiy roʻyxati ushbu Qonun bilan belgilanadi.

2020-yil 1-yanvarga qadar qabul qilingan boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan davlat bojini toʻlashdan ozod qilish ushbu hujjatlarning amal qilish muddati tugaguniga qadar kuchda qoladi. 

8-modda.Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish 

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) daʼvogarlar – ish haqini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar 
va mehnat huquqlari munosabatlaridan kelib chiqadigan boshqa talablar yuzasidan;

2) daʼvogarlar – alimentlar undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

3) daʼvogarlar – mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

4) daʼvogarlar – qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, maʼmuriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar yuzasidan;

5) daʼvogarlar – jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

6) yuridik va jismoniy shaxslar – alimentlarni undirishga doir fuqarolik ishlari bilan bogʻliq hujjatlarni ularga berganlik uchun;

7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquqlari hamda manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga ariza bilan murojaat etgan yuridik va jismoniy shaxslar;

8) yuridik va jismoniy shaxslar – davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar yuzasidan;

9) tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan davlat organlari hamda boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;

10) isteʼmolchilar – oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;

11) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz boʻlishi 
va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari 
va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari – isteʼmolchilarning (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab beriladigan daʼvolar yuzasidan;

12) daʼvogarlar – oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilishning tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;

13) davlat organlari – oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan, shuningdek jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan, tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga yoki oʻzga madaniy qimmatga ega boʻlgan mol-mulkni jismoniy shaxslar bu mol-mulkka xoʻjasizlarcha munosabatda boʻlgan hollarda jismoniy shaxslardan davlat mulkiga olib qoʻyish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;

14) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari – palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qilingan shikoyatlar yuzasidan;

15) nodavlat notijorat tashkilotlari – oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;

16) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini 
oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar – fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;

17) nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari – barcha daʼvolar yuzasidan;

18) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari – pensionerlardan (nafaqa oluvchilardan) ortiqcha (noqonuniy) toʻlangan pensiyalarning va nafaqalarning summalarini undirish bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;

19) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi organlari – koʻchish joyiga bormagan yoki koʻchib borgan joylarini oʻzboshimchalik bilan tark etgan koʻchirib keltiriluvchilarga nisbatan koʻchish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida taqdim etilgan daʼvolar yuzasidan;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari – atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik 
va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

21) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning joylardagi organlari – suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

22) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi – majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq ishlar yuzasidan;

23) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari –barcha ishlar hamda hujjatlar yuzasidan, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;

24) ichki ishlar organlari – alimentlar va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirish uchun qilingan xarajatlarni undirish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;

25) prokuratura organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;

26) adliya organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;

27) undiruvchi yoki davlat ijrochisi – qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan;

28) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan shikoyatlar yuzasidan;

29) Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy organlari – oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar yuzasidan;

30) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari – oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar yuzasidan;

31) Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari – oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar yuzasidan;

32) mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;

33) yakka tartibdagi quruvchi bilan shartnomaga koʻra qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishi chogʻida zimmasiga buyurtmachi vazifasini bajarish qonun hujjatlariga muvofiq yuklatilgan yuridik shaxs – qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish masalalari yuzasidan yakka tartibdagi uy-joy quruvchilar bilan nizolarni hal qilish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;

34) qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditlar berish qonun hujjatlariga muvofiq qaysi tijorat banklarining zimmasiga yuklatilgan boʻlsa, oʻsha tijorat banklari –qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan imtiyozli ipoteka kreditlari yuzasidan qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;

35) chet el investitsiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari – ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

36) tadbirkorlik subyektlari – hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda;

37) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, uning joylardagi organlari – 
yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha;

38) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari – moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni koʻzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan;

39) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning joylardagi organlari – qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik boʻyicha davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;

40) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil – tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab berilgan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan.

Ushbu modda birinchi qismining 8–10, 14, 32–36-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

9-modda.Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish

Iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) daʼvogarlar – oʻrmon daraxtlarini oʻzboshimchalik bilan kesish hamda oʻrmondan foydalanish, oʻrmonni qoʻriqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli oʻrmon fondiga yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi, oʻrmon xoʻjaligi daromadi summalarini (shu jumladan, oʻrmon daraxtlarini oʻsib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek oʻzboshimchalik bilan oʻrmon daraxtlarini kesganlik, pichan oʻrganlik va mollarni oʻtlatganlik uchun jarimalarni) undirish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari – palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan;

3) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar – fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar boʻyicha;

4) nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari 
va birlashmalari – barcha daʼvolar boʻyicha;

5) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlinmalari – “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiyalarni toʻlashga ketgan mablagʻlarni tashkilotlardan undirib olish boʻyicha daʼvolar, shu jumladan regress daʼvolar yuzasidan;

6) sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi – majburiy sugʻurta operatsiyalari bilan bogʻliq barcha ishlar boʻyicha;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning joylardagi organlari – suv toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;

8) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va uning joylardagi organlari – atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlik 
va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha;

9) Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy organlari – oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar boʻyicha;

10) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari – oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan daʼvolar boʻyicha;

11) Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari – oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar boʻyicha;

12) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari – barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar boʻyicha sudga arizalar berganlik uchun;

13) prokuratura organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;

14) adliya organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;

15) undiruvchi yoki davlat ijrochisi – qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish boʻyicha xarajatlarning oʻrnini qarzdor tomonidan qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

16) xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarzdor sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari – subzayom oluvchilardan paydo boʻlgan qarzdorliklarni undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

17) davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari boʻyicha sotib oluvchi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari – yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bogʻliq daʼvolar yuzasidan;

18) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan;

19) arizachi va javobgar – huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha;

20) chet el investitsiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari – ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvolar yuzasidan;

21) tadbirkorlik subyektlari – hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisida ariza berganda;

22) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, uning joylardagi organlari – 
yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha;

23) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari – moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni koʻzlab qilingan daʼvolar hamda berilgan arizalar yuzasidan;

24) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning joylardagi organlari – qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik boʻyicha davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;

25) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil – tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab beriladigan daʼvolar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan.

Ushbu modda birinchi qismining 2, 20 va 21-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

10-modda.Maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish

Maʼmuriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) tadbirkorlik subyektlari – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari – davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata aʼzolarining manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalar boʻyicha;

3) nodavlat notijorat tashkilotlari – oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining gʻayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;

4) Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar – fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;

5) nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari 
va birlashmalari – oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda;

6) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari – barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha;

7) prokuratura organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar yuzasidan;

8) adliya organlari – davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar yuzasidan;

9) yuridik va jismoniy shaxslar – davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan arizalar (shikoyatlar) boʻyicha;

10) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, 
maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan 
boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, 
ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;

11) mulkdorlar – xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan;

12) chet el investitsiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari – ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalar (shikoyatlar) yuzasidan;

13) taraflar – muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan;

14) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari – moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga doir ishlar yuzasidan;

15) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil – tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini koʻzlab berilgan arizalar (shikoyatlar) yuzasidan.

Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 9, 11 va 12-bandlarida koʻrsatilgan shaxslarning talablarini qanoatlantirish toʻliq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji shu shaxslardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

11-modda. Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini toʻlashdan ozod etish

Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi:

1) shaxslar – davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur boʻlgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning koʻchirma nusxalari toʻgʻriligini ularga tasdiqlab berganlik uchun;

2) shaxslar – mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish toʻgʻrisidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;

3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari – ularga davlatning merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar uchun;

4) nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari – barcha notarial harakatlar boʻyicha;

5) shaxslar – ularga quyidagilar uchun merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun:

Vatanni himoya qilish chogʻida, boshqa davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi munosabati bilan yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq-tartibotni muhofaza qilish boʻyicha fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok boʻlgan shaxslarning mol-mulki uchun;

uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi 
pay uchun, agar ular meros qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga yashagan, turar joyda qayd etilgan boʻlsa va meros qoldiruvchining vafotidan keyin ham shu uy-joyda (kvartirada) yashayotgan boʻlsa;

banklardagi omonatlar, shaxsiy va mulkiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta summalari, davlat zayom obligatsiyalari uchun, ish haqi summalari uchun;

ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ixtiro, seleksiya yutugʻi, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasi muallifining mulkiy huquqlari, shuningdek ijrochining ijroga doir mulkiy huquqlari uchun;

ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari, ixtiro, seleksiya yutugʻi, foydali model, sanoat namunasi, integral mikrosxemalar topologiyasini yaratish va ulardan foydalanish, shuningdek ijrolarni yaratish hamda ulardan foydalanish haqi summalari uchun;

6) shaxslar – pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun;

7) onalar – koʻp bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar boʻyicha hujjatlar koʻchirma nusxalarining toʻgʻriligini tasdiqlab berganlik uchun;

8) maktab-internatlar – farzandlarining maktab-internatdagi taʼminoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;

9) moliya organlari – farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining ixtisoslashtirilgan maktablaridagi taʼminoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;

10) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etish va halok boʻlish hodisasiga korxonalar va tashkilotlar hisobidan sugʻurta qilingan jismoniy shaxslarning merosxoʻrlari – sugʻurta puliga vorislik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berganlik uchun;

11) surunkali ruhiy kasallikka chalingan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vasiylik belgilangan shaxslar – mol-mulkka vorislik qilishlari toʻgʻrisida guvohnoma olganliklari uchun;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning joylardagi organlari – xodimlarni tashkiliy yoʻsinda ishga qabul qilish tartibida tuziladigan mehnat shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;

13) 1941–1945-yillardagi urush nogironlari, 1941–1945-yillardagi urush frontlarida yaralangan shaxslar va 1941–1945-yillardagi urush frontlarida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan shaxslarning oila aʼzolari, 1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari hamda Vatanni himoya qilishda va Sovet Armiyasida oʻz xizmat burchini oʻtayotganda yaralangan shaxslar, Afgʻoniston Respublikasida baynalmilal burchini oʻtagan shaxslar, shuningdek 1986–1987-yillarda Chernobil AESining zaharlangan mintaqasi doirasida avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, 1986-yilda Chernobil AESidagi avariya munosabati bilan zaharlangan mintaqadan koʻchirilgan (shu jumladan, oʻz ixtiyori bilan chiqib ketgan) shaxslar, agar ular vafot etgan boʻlsa, ularning oila aʼzolari – imtiyozlar berilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlar koʻchirma nusxalarining toʻgʻriligini tasdiqlatganligi uchun;

14) shaxslar – ularga yoʻlovchilarning majburiy sugʻurtasi yuzasidan sugʻurta summalariga hamda fuqarolarga qarashli mol-mulkning majburiy sugʻurtasi yuzasidan sugʻurta tovoni summalari boʻyicha merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun;

15) fermer xoʻjaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar – ularga fermer xoʻjaligining mol-mulki boʻyicha merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun;

16) yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxoʻrlar – ularga dehqon xoʻjaligi mol-mulki boʻyicha merosga boʻlgan huquqi toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun;

17) xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, kommunal-foydalanish tashkilotlari – majburiy badallarni toʻlash va kommunal xizmatlar toʻlovi boʻyicha qarzlarni undirish toʻgʻrisidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun.

12-modda. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) xalq taʼlimi organlari, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyalar – yetim bolalarni va ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni bolalar muassasalariga va oʻquv yurtlariga yuborish uchun tugʻilganlik toʻgʻrisida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;

2) jismoniy shaxslar – tugʻilish, oʻlim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi oʻzgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chogʻida yoʻl qoʻyilgan xatolar munosabati bilan tugʻilganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar yozuvlari oʻzgartirilgan, toʻldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun;

3) jismoniy shaxslar – ularga belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi 
yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;

4) jismoniy shaxslar – ularga reabilitatsiya qilingan qarindoshlarining vafot etganligi toʻgʻrisidagi takroriy guvohnomalar berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun;

5) tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar – ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.

13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishda, shu jumladan xorijga chiqish uchun davlat bojini toʻlashdan ozod qilish

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat bojini toʻlashdan quyidagi hollarda ozod qilinadi:

1) diplomatik pasport berganlik uchun;

2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini:

yaqin qarindoshlari vafot etgan yoki ular dafn etilgan joylarni ziyorat qilganda;

fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarga (bitimlarga) binoan ular xorij sudlariga fuqarolik va jinoyat ishlari yuzasidan taraflar, guvohlar 
va ekspertlar sifatida chaqirilgan taqdirda berganlik uchun;

3) oʻn olti yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi biometrik pasportini berganlik uchun;

4) toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi biometrik pasportini berganlik uchun.

Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarga biron-bir oʻzgartirish kiritilgan taqdirda ham davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.

14-modda. Konsullik yigʻimini toʻlashdan ozod qilish

Konsullik yigʻimini toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) Oʻzbekiston Respublikasining konsullik yigʻimlarini undirishdan voz kechish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomasi mavjud boʻlsa, chet ellik fuqarolar;

2) repatriatsiya ishlari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;

3) chet ellik fuqarolar chet el diplomatik pasportlariga oʻzarolik asosida viza qoʻyish chogʻida;

4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik fuqarolar 
va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar mehnat staji, ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi va alimentlar undirish haqidagi ishlarga doir hujjatlarni soʻrab olish va legallashtirish chogʻida;

5) chet davlatlarning belgilangan tartibda akkreditatsiyadan 
yoki roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari hamda filiallari xodimlari (ularning oila aʼzolari);

6) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan matbuot vakillari (ularning oila aʼzolari);

7) insonparvarlik yordamini kuzatib keluvchi chet ellik fuqarolar;

8) oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalar;

9) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek byudjet tashkilotlarining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga keluvchi chet ellik fuqarolar, agar kontrakt shartlariga koʻra viza olish bilan bogʻliq xarajatlar qabul qiluvchi tarafning zimmasiga yuklatilgan boʻlsa;

10) ushbu Qonunning 11, 12 va 13-moddalarida nazarda tutilgan hollarda.

15-modda. Ayrim toifadagi shaxslarni davlat bojini toʻlashdan ozod qilish

Turgan joyi boʻyicha qayd etganlik va roʻyxatdan chiqarganlik yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olganlik uchun davlat boji toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi: 

qariyalar va nogironlarning internat-uylarida yashovchi qariyalar 
va nogironlar;

maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan va yotoqxonalarda yashovchi oʻquvchilari.

Dehqon xoʻjaliklarini, davlat korxonalari negizida tuzilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

Ushbu Qonunga doir ilova 10 va 11-bandlarining “a” – “g” kichik bandlarida, 12, 13 va 15-bandlarining “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan davlat bojini (patent bojini) toʻlashdan 1941–1945-yillardagi urush ishtirokchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek oʻz nomiga muhofaza hujjati talab etiladigan ixtirolarning, foydali modellarning, sanoat namunalarining, seleksiya yutuqlarining, topologik integral mikrosxemalarning, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarning va maʼlumotlar bazalarining yagona mualliflari boʻlgan, I guruh nogironi boʻlgan shaxslar.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun davlat boji toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi:

1) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;

2) IV reyting guruhiga kiritilgan, taʼlim muassasalarida oʻqiydigan 
va konsert-tomosha faoliyatida ishtirok etish huquqini birinchi marta olayotgan ijrochilar mazkur taʼlim muassasasida oʻqish muddati davomida, lekin konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqini olgan sanadan bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda davlat bojini toʻlamaydi (tegishli tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganda).

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziya berganlik uchun davlat bojini toʻlovchi pensionerlar konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun belgilangan miqdorning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydi.

3-bob. Davlat boji toʻlovlarini, tushumlarini hisobga olish va qaytarish tartibi

16-modda. Davlat boji toʻlovlarini va tushumlarini hisobga olish

Davlat boji naqd pulsiz oʻtkazilganligiga doir toʻlov topshiriqnomalari, davlat bojini toʻlash uchun pul qabul qilib olinganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya davlat bojini undiradigan davlat organlarida qoladigan tegishli materiallarga qoʻshib qoʻyiladi.

Notarial harakatlarni roʻyxatdan oʻtkazish reyestrida kiritilgan davlat boji summasi, davlat boji toʻlanganligi haqidagi hujjatning sanasi va raqami koʻrsatiladi.

Toʻlovchilar davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan hollarda, tegishli hujjatlarga (reyestrlarga, daftarlarga va boshqa shu kabilarga) tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari ilova qilingan holda belgi qoʻyiladi, bundan pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomalarni tasdiqlash hollari mustasno.

Davlat boji tushumlarini hisobga olish davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat boji tushumlari boʻyicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻzi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.

17-modda. Davlat bojini toʻlash va hisobga oʻtkazish tartibi

Davlat boji, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat boji undiriladigan yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilguniga qadar va (yoki) bunga vakolatli boʻlgan muassasalar (mansabdor shaxslar) tomonidan hujjatlar berilguniga qadar naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanadi.

Toʻlovchining davlat bojini naqd pulsiz shaklda toʻlaganligi fakti qogʻozdagi yoki elektron shakldagi toʻlov hujjati bilan tasdiqlanadi.

Toʻlovchining davlat bojini naqd pul shaklida toʻlaganligi fakti bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitansiya yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilagan shaklda toʻlovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan toʻlovchiga beriladigan kvitansiya bilan tasdiqlanadi.

Davlat bojini toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari amalga oshirilayotgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarning turiga, toʻlovchilarning toifalariga yoki boshqa holatlarga koʻra ushbu Qonunning 19–24-moddalariga muvofiq belgilanadi.

Davlat boji toʻlov hujjatlari asosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻtkaziladi, bundan davlat bojining qaysi davlat organlari xizmatlari uchun davlat boji undirilayotgan boʻlsa, oʻsha davlat organi tasarrufida qoldirilayotgan qismi mustasno.

Davlat bojining bir qismi davlat organi tasarrufida qoldirilgan taqdirda, davlat boji yagona hisobvaragʻiga keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat organi oʻrtasida qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlangan holda toʻlanadi.

Davlat bojining davlat organi tasarrufida qoldiriladigan miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.

Mulkiy nizo boʻyicha sudga daʼvo arizasi berilganda, shuningdek mol-mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda, merosga boʻlgan huquqni rasmiylashtirishda, agar daʼvo qiymati, shartnoma summasi yoki meros miqdori chet el valyutasida belgilansa, davlat bojining miqdori harakatlar amalga oshirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada belgilanadi va undiriladi.

18-modda. Davlat bojini qaytarish tartibi

Davlat boji quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman qaytarilishi kerak:

1) davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda toʻlanganida;

2) sud daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek davlat notarial idoralari notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;

3) apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda 
yoki uni qabul qilish rad etilganda;

4) davlat boji toʻlangan daʼvo arizasi (ariza, shikoyat) 
yoki apellyatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati sudga kelib tushmaganda;

5) agar ish sudga taalluqli boʻlmasa, ishni yuritish tugatilganda;

6) ariza koʻrmasdan qoldirilganda, agar u muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;

7) sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda;

8) agar taraflar oʻrtasida nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish toʻgʻrisida hakamlik bitimi tuzilgan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda;

9) agar taraflar oʻrtasida mediativ kelishuv tuzilgan boʻlsa, ariza koʻrmasdan qoldirilganda;

10) ishda ishtirok etgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;

11) daʼvogar nizoni sudga qadar hal etish (eʼtiroz bildirish) tartibiga rioya etmaganda, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday 
hal etish imkoniyati boy berilgan boʻlsa;

12) voyaga yetmagan bolalari boʻlmagan er-xotinning nikohi 
oʻzaro rozilik asosida bekor qilinganligini qayd etish uchun davlat 
boji toʻlanganda, agar er-xotinning yarashishi yoki ulardan birining 
sudga kelmaganligi tufayli nikohni bekor qilish amalga oshirilmagan boʻlsa;

13) agar ishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa;

14) sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish 
rad etilganda;

15) Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjat berish rad etilganda.

Davlat boji summalarini qaytarish toʻlovchining yozma arizasiga binoan yoki sudning hal qiluv qarorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat boji summasini qaytarish uchun arizachi davlat bojini undirgan tegishli davlat organiga yoki tashkilotga murojaat qilishi kerak. Davlat bojini undirgan davlat organi yoki tashkilotning rahbari uni qaytarish qonuniyligini tasdiqlagan taqdirda, davlat organi yoki tashkilot va davlat bojining boshqa oluvchilari ilgari oʻz hisobvaraqlariga oʻtkazilgan davlat boji summalarining tegishli qismlarini toʻlovchining yozma arizasi olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida yoki sud hujjatlari asosida qaytaradi. Oʻz navbatida davlat organi yoki tashkilot qaytarilishi lozim boʻlgan, ilgari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadiga oʻtkazilgan davlat boji summasining bir qismini qaytarish toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda xabar yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadiga oʻtkazilgan davlat bojini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan davlat organi yoki tashkilotning tegishli xabarnomasi olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi. Davlat bojini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda soliq organi davlat bojini toʻlovchiga qaytarishni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Gʻaznachiligiga qaytarish toʻgʻrisida tegishli topshiriqnoma yuboradi.

4-bob. Davlat bojini undirishning oʻziga xos xususiyatlari

19-modda. Sudlarda davlat bojini undirishning oʻziga xos xususiyatlari

Sudlarga beriladigan daʼvo arizalaridan, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha arizalardan, maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʻyicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibidagi shikoyatlardan, shuningdek sudlar tomonidan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini berganlik uchun davlat boji quyidagi tartibda undiriladi:

shartnomalarni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, shartnomalarni bekor qilish toʻgʻrisidagi yoki ularning shartlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi daʼvo arizalariga shartnoma toʻlaligicha yoki uning biron-bir qismi nizolashilayotganligidan qatʼi nazar, shartnoma oldi nizolari boʻyicha arizalar uchun belgilangan stavkalar boʻyicha toʻlanadi;

qarshi daʼvo arizalaridan, shuningdek uchinchi shaxslarning ishga mustaqil daʼvo talablari bilan kirishganligi toʻgʻrisidagi arizalardan davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.

Sud dastlabki daʼvogarni uning roziligiga koʻra boshqa shaxs bilan almashtirganda bu shaxs davlat bojini umumiy asoslarda toʻlashi kerak.

Ishdan dastlabki daʼvogar chiqib ketgan va u huquqiy voris bilan almashtirilgan hollarda, davlat boji, agar u dastlabki daʼvogar tomonidan toʻlanmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda huquqiy vorisdan undiriladi.

Sudya bir yoki bir nechta birlashgan daʼvo talabini alohida 
ish yuritish uchun ajratgan taqdirda, daʼvo taqdim etilganda toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi va qaytarilmaydi. Alohida 
ish yurituvga ajratganlik yuzasidan davlat boji ikkinchi bor toʻlanmaydi.

Ilgari koʻrmasdan qoldirilgan takroran berilgan arizalar boʻyicha davlat boji qaytadan umumiy asoslarda toʻlanadi. Agar ariza koʻrmasdan qoldirilganligi munosabati bilan davlat boji qaytarilishi kerak boʻlsa-yu, lekin qaytarilmasa, agar davlat boji byudjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat takroran berilgan arizaga ilova qilinishi mumkin.

Davlat boji hisoblab chiqariladigan daʼvo bahosi daʼvogar tomonidan, belgilangan hollarda esa fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual qonun hujjatlariga muvofiq sud tomonidan aniqlanadi.

Agar ishni muhokamaga tayyorlash kunida daʼvogar alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi ishni tugatish haqida ariza bergan boʻlsa, bunday hollarda javobgardan davlat boji undirilmaydi.

Daʼvogar tomonidan daʼvo talablari kamaytirilgan taqdirda, toʻlangan davlat boji qayta hisoblab chiqilmaydi.

Daʼvo summasi koʻpaytirilgan taqdirda, davlat bojining yetishmayotgan summasi daʼvoning koʻpaytirilgan summasiga muvofiq toʻlanadi.

Daʼvogar davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan taqdirda daʼvo qanoatlantirilsa, davlat boji javobgardan (agar u davlat bojini toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) davlat daromadiga belgilangan daʼvo summasiga muvofiq undiriladi.

Daʼvo birgalikda bir nechta daʼvogar tomonidan bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda, davlat boji daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va daʼvogarlar tomonidan ular qoʻygan talablar ulushiga mutanosib tarzda toʻlanadi.

Daʼvoning umumiy summasidan kelib chiqqan holda davlat boji quyidagi hollarda ham undiriladi:

daʼvo daʼvogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilganda;

daʼvo arizalarini qabul qiladigan sudya bir turdagi bir necha talabni bir ish yurituviga birlashtirganda.

Davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan bir yoki bir nechta daʼvogar tomonidan bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilgan daʼvo toʻliq 
yoki qisman qanoatlantirilganda davlat bojini undirish sudning 
hal qiluv qaroriga binoan har bir javobgardan belgilangan qarz summasidan kelib chiqqan holda alohida-alohida amalga oshiriladi. Agar bunday daʼvo bir nechta daʼvogar tomonidan bir javobgarga nisbatan taqdim etilgan boʻlsa, davlat boji javobgardan umumiy belgilangan qarz summasidan kelib chiqqan holda byudjetga undiriladi.

Sud boshqa shaxsni ikkinchi javobgar sifatida jalb qilgan va daʼvo summasining bir qismini bir javobgardan, qolgan qismini 
esa ikkinchisidan undirishga hukm qilgan taqdirda va, agar bunda daʼvogar davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa, davlat boji daʼvoning qanoatlantirilgan umumiy summasidan hisoblab chiqariladi hamda 
har bir javobgardan unga belgilangan daʼvo summasi miqdoriga mutanosib ravishda byudjetga undiriladi.

Davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan daʼvogar oʻz talablarini daʼvo berilganidan keyin ular javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganligi tufayli qoʻllab-quvvatlamagan hollarda davlat bojining summasi javobgardan sud ajrimi boʻyicha byudjetga undiriladi.

Daʼvogar arizada daʼvo summasini koʻrsatmagan hollarda sudya daʼvo arizasini qabul qilish asnosida, daʼvoning taxminiy bahosidan kelib chiqqan holda toʻlanishi lozim boʻlgan davlat bojining miqdorini dastlabki tarzda belgilaydi. Agar sud hal qiluv qarorini chiqarganda daʼvoning umumiy summasi oshsa, davlat boji daʼvoning oshib ketgan summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda vujudga kelgan farq daʼvogardan yoki daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan taqdirda – javobgardan byudjet daromadiga undirilishi lozim. Sud daʼvogar arizada koʻrsatgan talablar doirasidan qonun hujjatlarida belgilangan hollarda ish holatlariga bogʻliq ravishda chiqib ketganda ham davlat boji shunday tartibda hisoblab chiqariladi. Bunday hollarda daʼvo qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji javobgardan daʼvoning qanoatlantirilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi, davlat bojining qolgan qismi esa daʼvogardan undirilishi lozim.

Sud mol-mulkni meros qilib olish huquqi toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda, davlat boji mol-mulkning umumiy qiymatidan kelib chiqqan holda sud tomonidan hisoblab chiqariladi va har bir merosxoʻrdan uning ulushiga mutanosib ravishda undiriladi.

Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi toʻgʻrisidagi, mol-mulkni talab qilib olish haqidagi, mol-mulkdagi ulushga boʻlgan huquqni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi, umumiy mol-mulkdan ulush ajratish haqidagi va merosxoʻrlarning oʻzlariga tegishli mol-mulk ulushini talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalari uchun davlat boji ushbu mol-mulk yoki uning ulushi qiymatidan kelib chiqqan holda toʻlanishi lozim.

Bir vaqtning oʻzida mulkiy va nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan daʼvo arizalari uchun mulkiy xususiyatdagi daʼvo arizalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha va nomulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalari uchun belgilangan stavkalarga koʻra, har bir talab boʻyicha alohida-alohida davlat boji toʻlanadi.

Qiymat jihatidan baholanmaydigan talablar (oʻzboshimchalik bilan egallab olingan joylarni boʻshatish toʻgʻrisidagi, natura shaklida maydon berish haqidagi, topshirish balansini qabul qilishga majburlash bilan bogʻliq nizolar va boshqalar) nomulkiy xususiyatga ega daʼvo arizalari jumlasiga kiradi.

Nikohni bekor qilish bilan bir vaqtda mol-mulkni boʻlish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalaridan nikohni bekor qilganlik uchun va mol-mulkni boʻlganlik uchun davlat boji undiriladi.

Daʼvo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarishga asos boʻlgan sharoitlar bartaraf etilganidan soʻng takroran beriladigan daʼvo arizalariga (arizalarga, shikoyatlarga) davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi dastlabki hujjat davlat boji takroran toʻlanishining oldini olish uchun ilova qilinishi mumkin.

Arizachi davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan hollarda daʼvo qanoatlantirilgan taqdirda davlat boji, agar javobgar davlat bojini toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan undiriladi.

Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bildirilgan talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji ariza qaysi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan boʻlsa, shu shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.

Muayyan sudda koʻrilishi lozim boʻlgan bir nechta ish uchun bir toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha davlat boji oʻtkazilgan hollarda topshiriqnoma ishlarning biriga ilova qilinadi. Mazkur ish boʻyicha toʻlangan davlat bojining summasi toʻgʻrisida qolgan ishlarga belgi qoʻyiladi va toʻlov topshiriqnomasi qoʻshib qoʻyilgan ish koʻrsatiladi.

Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda, undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi. Daʼvo undiruvchi tomonidan qarzdorga nisbatan daʼvo ishini yuritish tartibida qoʻzgʻatilgan taqdirda u toʻlanishi lozim boʻlgan davlat boji hisobiga oʻtkaziladi.

Pul mablagʻlari mavjud boʻlmagan va bu xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga sudning ajrimiga koʻra davlat bojini kechiktirib toʻlashga ruxsat berilishi mumkin. Bank tasdigʻida sudga murojaat qilingan sanadan koʻpi bilan uch kun oldingi sana qayd etilgan boʻlishi kerak.

Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatining faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi daʼvo bilan iqtisodiy sudga murojaat qilgan taqdirda aksiyadorlarga davlat bojini toʻlash muddati kechiktirilib, bu boj keyinchalik aybdor tarafdan undirib olinadi. 

20-modda. Notarial harakatlar bajarilganligi uchun davlat boji undirishning oʻziga xos xususiyatlari

Notarial harakatlar davlat notarial idoralari tomonidan bajarilganligi uchun davlat boji notarial harakatlar amalga oshirilganda undiriladi, notarial idoralardagi ishlarda mavjud boʻlgan hujjatlarning dublikatini, hujjatlarning koʻchirma nusxalarini berganlik uchun esa ular berilayotganda undiriladi.

Davlat boji toʻlashdan bir taraf ozod etiladigan bitimlar boʻyicha davlat bojini boshqa taraf toʻliq toʻlaydi.

Davlat notarial idorasi depozitiga qabul qilish uchun pul summalari pochta orqali yoki bankdan kelib tushgan hollarda davlat 
bojining tegishli summalari kelib tushgan puldan ushlab qolinadi, ularning qoldigʻi esa depozitga qabul qilinadi. Ushlab qolingan davlat boji summalari davlat notarial idorasi tomonidan depozit summalari bankka navbatdagi topshirish chogʻida byudjetga oʻtkazilib, bank kvitansiyasi notarial idora ishlarida saqlanadi.

Davlat notarial idorasi binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, bundan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chogʻida amalga oshiriladigan notarial harakatlar, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash mustasno.

Bir nechta merosxoʻr (shu jumladan qonun boʻyicha, vasiyatnoma boʻyicha va merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlar) mavjud boʻlgan hollarda davlat boji har bir merosxoʻrga tegishli meros ulushidan hisoblab chiqariladi.

Voyaga yetmagan merosxoʻrlar (shu jumladan meros qoldiruvchilarning bolalari boʻlmagan merosxoʻrlar) mavjud boʻlgan taqdirda davlat boji faqat voyaga yetgan merosxoʻrlardan ularning merosdagi ulushiga mutanosib ravishda undiriladi.

Agar merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma merosxoʻrlarning arizasi boʻyicha meros mol-mulkning bir qismiga berilayotgan boʻlsa, davlat boji mol-mulkning berilayotgan guvohnomada koʻrsatilgan qismi uchun belgilangan stavka boʻyicha hisoblab chiqariladi. Keyinchalik mol-mulkning qolgan qismiga guvohnoma berilganida davlat boji mol-mulkning umumiy qiymatidan hisoblab chiqariladi, toʻlashga esa hisoblab chiqarilgan summa bilan birinchi guvohnoma berilganligi uchun toʻlangan summa oʻrtasidagi farq taqdim etiladi. 

Qonun boʻyicha bir vaqtning oʻzida boshqa merosxoʻrlar mavjud boʻlgan taqdirda, meros mol-mulkning bir qismi merosxoʻrlarga vasiyatnoma boʻyicha oʻtgan hollarda davlat boji vasiyatnoma boʻyicha mol-mulkning qismidan alohida hisoblab chiqariladi, qolgan mol-mulkning qismidan esa umumiy tartibda hisoblab chiqariladi.

Qonun boʻyicha va vasiyatnoma boʻyicha meros qilib olinayotgan 
mol-mulkdan merosning majburiy ulushi ajratilgan hollarda davlat boji qonunga binoan vorislik huquqi boʻyicha oʻtayotgan butun mol-mulkning qismidan, shu jumladan majburiy ulush bilan birga hisoblab chiqariladi.

Sudlarning ilgari berilgan guvohnomalar haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari asosida beriladigan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi takroriy guvohnomalar uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi. Bunda birlamchi guvohnoma uchun toʻlangan davlat boji summasi qaytarilishi yoki soliq toʻlovchining arizasiga koʻra yangi guvohnoma berganlik uchun beriladigan summa hisobiga, agar summalar byudjetga oʻtkazilgan kundan eʼtiboran fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan daʼvo muddati tugamagan boʻlsa, oʻtkazilishi lozim. Sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan har qanday shartnoma takroran tasdiqlangan taqdirda ham masala xuddi shunday tartibda hal qilinadi.

Davlat notarial idorasi reyestrida takroriy guvohnomalar va shartnomalarni qayd qilishda tegishli katakchada davlat boji qachon 
va qancha summada undirilganligi hamda undirish toʻgʻrisidagi yozuv qayerda borligi koʻrsatiladi. Bunda notarial idora ishlarida qoladigan asosiy hujjatlarga sudning tegishli guvohnomalar va shartnomalarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari ilova qilinishi 
kerak.

Kredit tashkilotlari tomonidan beriladigan sertifikatlar va akkreditivlarga doir merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.

Er-xotinning birgalikda yashaganda olingan va er-xotindan birining vafotidan keyin qolgan mol-mulkka doir merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma berganlik uchun davlat boji meros boʻyicha haqiqatda oʻtayotgan mol-mulkning qismidan undiriladi.

Davlat boji mutanosib ravishda undiriladigan notarial harakatlar bajarilganda uni hisoblab chiqarish taraflar koʻrsatgan summadan ushbu moddada belgilangan qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralar, dala hovlilari, garajlar, boshqa imoratlar, binolar va inshootlarni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji summasi ularning umumiy maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Eng kam va eng koʻp summa koʻrsatilgan shartnomalarni tasdiqlashda davlat boji eng koʻp summadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi va undiriladi.

Ayirboshlash shartnomalari boʻyicha davlat boji qiymati yuqori boʻlgan mol-mulkdan hisoblab chiqariladi.

Shartlariga koʻra toʻlovlar summasida ijaraga oluvchi tomonidan quriladigan imoratlar va boshqa inshootlar, xonalarni jihozlash qiymati, shuningdek ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan kapital taʼmirlash hamda boshqa shu kabilarning qiymati hisobga olinadigan mulk ijarasi shartnomasini tasdiqlashda hisoblab chiqariladigan 
va undiriladigan davlat bojining summasi amalga oshiriladigan xarajatlarning qiymati hisobga olingan holda belgilanadi.

Ijro yozuvlari boʻyicha yozuvni amalga oshirganlik uchun tegishli davlat boji summasini toʻlashdan undiruvchi ozod qilingan taqdirda yozuv boʻyicha qarz undirilayotgan chogʻda qarzdordan undiriladi.

21-modda. Konsullik yigʻimini undirishning oʻziga xos xususiyatlari

Konsullik yigʻimi konsullik harakatlari amalga oshirilguniga qadar toʻlanadi. Konsullik yigʻimlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadiga oʻtkaziladi. Konsullik yigʻimlarining toʻlangan summalari qaytarilmaydi.

Konsullik yigʻimlari summalarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga, shuningdek xorijda toʻlangan yigʻimlarni Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maxsus bank hisobvaraqlariga hisoblab chiqarish, undirish va hisobga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Konsullik yigʻimlarining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.

22-modda. Davlat bojini boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan undirishning oʻziga xos xususiyatlari

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik uchun davlat boji dalolatnomalarni roʻyxatda qayd etish chogʻida, takroriy guvohnomalar berganlik uchun esa ular berilayotganda toʻlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini, 
shu jumladan xorijga chiqish uchun pasportni, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yoʻl hujjatini berganlik uchun, bu hujjatlarga oʻzgartishlar kiritganlik uchun, shuningdek chet ellik fuqarolarga yashash guvohnomasini hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki ularning muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji tegishli hujjatlar olinguniga qadar, fuqarolik masalalariga doir arizalardan esa bunday arizalar berilguniga qadar toʻlanadi.

Xorijdan kirish va xorijga chiqish huquqiga doir hujjatlarni, yashash guvohnomasini, fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki ularning muddatini uzaytirganlik, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish toʻgʻrisidagi arizalardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xorijga xizmat safariga yuboriladigan fuqarolarning xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlardan davlat boji belgilangan tartibda ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan toʻlanadi.

Xorijga xizmat safariga yuborilgan xodimlar bilan birgalikda ularning xotini va bolalari xizmat safarining butun muddatiga safarga borganida davlat boji xizmat safariga yuborilganlarning oʻzidan undirilganligi kabi tartibda va miqdorlarda undiriladi. Oila aʼzolari xorijga xizmat safariga yuborilgan shaxsning oldiga mehmon boʻlib oddiy safarga borganida davlat boji umumiy asoslarda undiriladi.

Chet ellik fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vizalar berganlik uchun davlat boji, har bir shaxsga alohida viza yoki bir nechta shaxsga umumiy viza berilayotganligidan qatʼi nazar, oʻn olti yoshga toʻlgan har bir shaxsdan undiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini turgan joyi boʻyicha qayd etganlik va turgan joyi boʻyicha hisobga olganlik, ov qilish huquqiga doir ruxsatnoma berganlik uchun davlat boji hujjat berilayotganda toʻlanadi.

23-modda. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish chogʻida davlat bojini undirishning oʻziga xos xususiyatlari

Davlat bojini toʻlovchi tomonidan davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari huquqiy himoya qilinguniga qadar, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovarlar kelib chiqqan joy nomlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazalari hamda elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlardan va maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga boʻlgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar roʻyxatdan oʻtkazilguniga qadar toʻlanadi.

Davlat boji (patent boji) davlat bojini toʻlovchi tomonidan toʻlanganligi fakti qogʻozdagi yoki elektron shakldagi toʻlov hujjati bilan tasdiqlanadi.

Davlat boji (patent boji) toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatida buyurtmanoma yoki patentning, guvohnomaning roʻyxatdan oʻtkazish raqami hamda davlatning boji (patent boji) toʻlangan harakatning nomi, shuningdek soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami boʻlishi kerak.

Agar davlat ekspertizasi oʻtkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlari guruhiga buyurtmanoma berilganligi va ekspertiza oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda toʻlangan boʻlsa, davlat ekspertizasi davlat bojini toʻlovchi tomonidan tanlangan yoxud bunday tanlov mavjud boʻlmaganda, ixtiro, foydali model formulasida yoki sanoat namunasi tavsifida koʻrsatilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunasi variantlariga nisbatan oʻtkaziladi.

Agar buyurtmanoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun davlat boji (patent boji) buyurtmanoma berilganligi hamda tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisi davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdordan kam miqdorda boʻlsa, ekspertiza Tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining davlat bojini toʻlovchi tomonidan tanlangan sinflariga nisbatan oʻtkaziladi.

Davlat bojini toʻlovchi vakolatli organning davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi olingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida zarur summani qoʻshimcha ravishda toʻlash huquqiga ega.

Davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi vakolatli organning davlat bojining (patent bojining) yetishmayotgan qismi qoʻshimcha ravishda toʻlanishi toʻgʻrisidagi bildirishnomasi olingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida toʻlanmagan taqdirda, ixtirolarni, foydali modellarni, sanoat namunalarini, seleksiya yutuqlarini huquqiy himoya qilish, tovar belgilarini, xizmat koʻrsatish belgilarini, tovarlar kelib chiqqan joy nomlarini, integral mikrosxemalar topologiyalarini, elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni va maʼlumotlar bazalarini hamda elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlardan va maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga boʻlgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshirilmaydi. Bunda davlat bojining (patent bojining) ilgari toʻlangan, toʻliq boʻlmagan miqdori qaytarilmaydi.

24-modda. Faoliyatning alohida turlarini amalga oshirishga doir litsenziya berilganligi uchun davlat boji undirishning oʻziga xos xususiyatlari

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan jismoniy shaxslar davlat bojini oʻziga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda toʻlaydi.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar davlat bojini har bir ijrochi uchun unga berilgan reyting guruhiga qarab tabaqalashtirilgan miqdorlarda toʻlaydi.

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

25-modda. Davlat bojining toʻgʻri undirilishi ustidan nazorat

Davlat bojining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq undirilishi 
va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazorat “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

26-modda.Nizolarni hal etish

Davlat bojini belgilash, undirish, undan ozod qilish 
va uni qaytarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish bilan 
bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

27-modda. Davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Davlat bojini belgilash, undirish, undan ozod qilish va uni qaytarish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish

1.Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 425–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston RespublikasiOliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11–12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 97-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 8, 470-modda) 15-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi mol-mulkni yangi mulkdorga topshirayotganda unga shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order beradi. Davlat bojining miqdori va uni toʻlash tartibi qonunda belgilanadi”.

2. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar 
va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida»
gi 
1060–XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4–5, 74-modda, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda) 9-moddasining sakkizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“EHM uchun yaratilgan dasturlarni yoki maʼlumotlar bazalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga boʻlgan mulkiy huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni bajarganlik uchun davlat boji undiriladi. Roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat bojining miqdorlari va uni toʻlash muddatlari, davlat bojini toʻlashdan ozod qilish, uning miqdorlarini kamaytirish yoki uni qaytarib berish uchun asoslar, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji summasidan foydalanish tartibi qonunda belgilanadi”.

3. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062–XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 
29-avgustda qabul qilingan 397–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 
158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda) 34-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) birinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

2) ikkinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi 216–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan 
OʻRQ–580-sonli Qonuni tahririda) 20-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi”.

5. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi 270–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 
395–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 156-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 791-modda) 29-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) birinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

2) ikkinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda; 2008-yil, № 12, 637, 640-moddalar; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 10, 674-modda) 8-moddasi ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5–6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1–2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 8, 469-modda) 202-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Gerbli guvohnoma berishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat bojini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda gerb yigʻimini undiradi”.

8. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida»gi 71–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 142-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 9, 245-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda; 2018-yil, № 10, 670-modda, № 11, 791-modda) 26-moddasining ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan «Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida»gi 218–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 5, 87-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda) 17-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) birinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

2) ikkinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9–10, 
178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 
2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 
138-modda, № 9, 510-modda) 33-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) birinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

2) ikkinchi qismdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi 
712–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ–483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda) 21-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “shuningdek oʻz” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

12. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktyabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ–301-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda) 8-moddasining beshinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

13.Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvarda qabul qilingan “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi OʻRQ–457-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 2-modda) 40-moddasining uchinchi qismidagi “qonun hujjatlarida” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

14.Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda) 128-moddasidagi “qonun hujjatlari bilan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

15.Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda) 113-moddasidagi “qonun hujjatlari bilan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

16. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ–462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 
1-songa 3-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 11, 791-modda) 111-moddasidagi “qonun hujjatlari bilan” degan soʻzlar “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin.

29-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

30-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

davlat bojini byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga taqsimlash masalasini oʻrganish yakunlariga koʻra 2020-yil 1-iyunga qadar boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga davlat boji taqsimlanishini yanada takomillashtirishga doir takliflar kiritsin;

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.

31-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev

Toshkent shahri,

2020-yil 6-yanvar

№ OʻRQ—600

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?