Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rahbari tayinlandi

23:17 14 Yanvar 2019 Jamiyat
998 0

Joʻrayev Nodir Savriddinovich

Joʻrayev Nodir Savriddinovich Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi https://t.me/huquqiyaxborot rasmiy kanalida maʼlum qilindi.

Nodir Joʻrayev Toshkent Davlat yuridik universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Adliya vazirligi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. U oʻzining ishchanlik xususiyatlari va fidoyiligini namoyon etib, adliya vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtgan.

Nodir Joʻrayev mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini taʼminlashda faol ishtirok etdi va kamtarin, oʻz ustida muntazam ishlaydigan xodim sifatida obroʻ qozondi.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?