Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi

16:26 11 Yanvar 2019 Jamiyat
376 0

Illyustrativ foto

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Hindistonning ilgʻor tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi.

Quyidagilar Texnoparkning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarini amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda, venchur moliyalashtirish asosida koʻmaklashish;

- yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish tarmogʻini amalga oshirish uchun ilmiy, taʼlim va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini integratsiyalash;

- axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni oʻqitish;

- mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar oʻtkazish.

Texnopark Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi tomonidan boshqariladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?