“Dassault Systemes” Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga dasturiy taʼminotini taqdim etdi

15:49 30 May 2019 Jamiyat
175 0

Toshkent shahridagi Turin universitetida yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi boʻlib Fransiyaning “Dassault Systemes” kompaniyasining muhandislik dasturlaridan foydalanish yoʻlga qoʻyildi.

Muhandislik dasturlarini ishlab chiqarish boʻyicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan hisoblangan “Dassault Systemes” universitetga oʻzining Solidworks muhandislik dasturidan foydalanish boʻyicha ikki mingdan ortiq litsenziyalarni taqdim qildi.

Hozirda talabalar universitetdagi texnopark va maxsus laboratoriyalarda 3D moslamalarida aynan “Dassault Systemes Solidworks” muhandislik dasturidan foydalanishmoqda.

Mazkur dastur yordamida talabalar muhandislik dasturlari boʻyicha oʻz tajribalarini kengaytirish va yangi bozor iqtisodiyoti sharoitida oʻzlarining mutaxassis sifatida imkoniyatlarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?