Darigʻa Nazarbayeva Qozogʻiston senatining yangi raisi etib saylandi

15:30 20 Mart 2019 Siyosat
595 0

Qozogʻiston birinchi Prezidentining Nursultan Nazarbayevning toʻngʻich qizi Darigʻa Nazarbayeva yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtgan saylovda mamlakat senatining yangi raisi etib saylandi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar bermoqda.

Mamlakat prezidenti lavozimini qabul qilib olgan Kasim-Jomart Tokayev oʻzining senatdagi oʻrniga Darigʻa Nazarbayeva nomzodini koʻrsatgan. 44 senat vakili ishtirok etgan ovoz berish jarayonlarida barcha deputatlar bir ovozdan Nazarbayeva nomzodini qoʻllab-quvvatlagan.

55 yoshli Nazarbayeva 2016 yil sentyabridan respublika parlamenti senatining (yuqori palata) deputati sifatida ishlab keladi.

Avvalgi prezident Nursulton Nazarboyev 19 mart kuni oʻz vakolatlarini topshirgandi. 20 mart kuni esa Tokayev qasamyod qildi va mamlakat prezidenti lavozimini egalladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?