“Daraxt ek! Hayotingni yashnat!“

18:41 16 Sentyabr 2019 Jamiyat
146 0

Bugun Samarqand shahrining Koʻksaroy maydonida “Daraxt ek! Hayotingni yashnat!“ shiori ostida viloyatdagi barcha keng jamoatchilik ishtirokida daraxt ekish aksiyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur aksiyani oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, Samarqand shahri va viloyatida manzarali daraxtlarni shahar va tumanlarda, koʻcha va xiyobonlarda ommaviy ekish, ularni parvarish qilish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. - Qadim shahrimizni bugungi qiyofasini yashnatib turgan manzarali daraxtlarni asrab-avaylashga katta eʼtibor berishimiz, bugunning dolzarb vazifalaridandir, - deydi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.

- Tabiat qonunlariga amal qilishimiz shart. Masalan, bitta daraxtni kesayotgan odam, ekologiyaga qanchalik zarar yetkazayotganini tasavvur ham qilolmaydi, - deydi biologiya fanlari nomzodi, dotsent Muxtor Nosirov. - Chunki bitta daraxtni kesishning oʻzi, kislorodni maʼlum darajada kamayishiga olib keladi.

Bundan tashqari shu yerning oʻzida Samarqand viloyat “Ipotekabank“ tomonidan tashkil etilgan sayyor kassa tashkil qilindi. Aksiya ishtirokchilari ixtiyoriy ravishda markaziy bankda ochilgan yagona gʻazna hisob varagʻi orqali naqd, pul koʻchirish yoki terminal orqali ixtiyoriy xomiylik yordamlarini koʻrsatishdi. Ushbu aksiyada toʻplangan mablagʻlarga koʻchatlar sotib olinib, Samarqand shahrining manzarali joylariga ekiladi.

Umid Soriyev(“Xalq soʻzi“)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?