Daniyada barcha qorakoʻzanlar yoʻq qilindi

10:04 21 Noyabr 2020 Dunyo
67 0

Daniyada koronavirusning mutatsiyaga uchragan turiga chalingan barcha qorakoʻzanlar yoʻq qilindi.

Bu haqda Daniya veterinariya va oziq-ovqat boshqarmasi tvitterdagi mikroblogi orqali maʼlum qildi.

“Fermer xoʻjaliklaridagi COVID-19ni yuqtirib olgan barcha qorakoʻzanlar yoʻq qilindi. Veterinariya va oziq-ovqat boshqarmasi mamlakatdagi qorakoʻzan fermer xoʻjaliklarini kuzatishni davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.

Boshqarma tomonidan qoʻshimcha qilinishicha, mamlakatda koronavirus 284 ta qorakoʻzan fermalarida aniqlangan, yana 25 ta ferma esa shubha ostida olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?