Damas-2 oʻz egasiga yetkazildi

10:57 12 Aprel 2019 Jamiyat
427 0

Nukus shahri 22 kichik tumani, 9-uy, 33-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Yarashev Qamariddin Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi “ishonch telefoni” 1091 orqali murojaat qoldirdi. Isteʼmolchi “QQAVTOTEXXIZMAT” MCHJ bilan Damas-2 avtomobili uchun shartnoma imzolagan va pul oʻtkazib bergan. 

Arizaga avtosalon xodimlari avtomashina kelganini, ammo uni oʻsha yerning oʻzidan, yaʼni Nukusdan emas, Xorazm viloyatidan olishi kerakligini maʼlum qilishgani sabab boʻlgan.

Nukus shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari vaziyatni oʻrganib chiqishdi. Natijada oʻsha kunning oʻzida isteʼmolchiga Nukus shahrining oʻzida Damas-2 avtomashinasi topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?