“Dallas cho‘ponlari” “MYU” va “Real Madrid”ni ortda qoldirib ketdi

15:17 19 Iyul 2018 Sport
494 0
Foto: urban360.mx

Dunyoda futbolga bo‘lgan qiziqishi juda yuqori bo‘lishiga qaramay, eng qimmat klub maqomi boshqa sport turida faoliyat yuritadigan jamoaga nasib etdi.

Ya’ni Amerika futboli vakili, AQSHning Texas shtati Arlington shahri sharafini himoya qiladigan Dallas Cowboys jahondagi eng qimmat sport klubi deb e’tirof etildi. Bu haqida Forbes manbasining yangilangan reytingida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, “Dallaslik cho‘ponlar”ning o‘tgan yilgi daromadi 840 million dollar, soliqqacha topgan sof foydasi esa 350 million dollarni tashkil etdi. Sayyoramizdagi boshqa hech bir jamoa bunday ko‘rsatkichga ega emas. Ro‘yxatdan joy olgan top elliktalik klublarning bu boradagi o‘rtacha daromadi 103 million dollar atrofida bo‘lgan.

Ikkinchi o‘rin Angliyaning “Manchester Yunayted”,uchinchi o‘rin Ispaniyaning “Real Madrid”(510 mln. ) futbol klublariga nasib etgan. Ularning narxi 2017 yilda 2016 yilga nisbatan mos ravishda 12 va 14 foiz qimmatlashgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?