“Covid-19”ning simptomlarsiz koʻrinishini qanday aniqlash mumkin? — Mutaxassis izohi

18:22 16 Oktyabr 2020 Dunyo
223 0

Rossiyalik shifokor-biofizik Nelli Sosedova “Covid-19”ning simptomlarsiz koʻrinishini qanday aniqlash mumkinligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Xastalikning asosiy alomatlari boʻlmish yoʻtal, holsizlik va isitma hammada ham kuzatilmasligi mumkin. Shu bois, taʼm hamda hid sezishdagi oʻzgarishlarga eʼtibor berish kerak. Pnevmoniyaning alomatlarsiz shakli bilan ogʻrigan bemorlarda qisqa muddatga isitma koʻtarilishi ham kuzatiladi.

Shifokorning qayd etishicha, koronavirusni yuqtirib olishning xavfi atrofda “Covid-19” bilan kasallangan bemorlar boʻlsagina eng yuqori boʻladi.

Organizmda virus mavjudligini aniqlashning eng tezkor usuli antitanachalar testi ekanligini taʼkidlayotgan mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, kompyuter tomografiyasi yordamida aniq tashxis qoʻyish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?