“COVID-19”ni davolashda tavsiya etilgan qariyb 25 mln. soʻmlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyildi

17:08 29 Oktyabr 2020 Jamiyat
184 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan “COVID-19”ni davolashga tavsiya qilingan dori-darmon vositalarini dorixona va uning filiallaridan tashqarida, sifati kafolatlanmagan holda, qimmat narxlarda sotilishi yuzasidan doimiy ravishda reyd tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, 2020-yil 27-oktyabr kuni Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan, Gagarin koʻchasida joylashgan “MANEJ” oldida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M. G. “COVID-19” kasalligini davolashda tavsiya etilgan 12 dona “REMDESIVIR” dori vositasini har bir donasini 800 ming soʻmdan jami 9 million 600 ming soʻmga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, shu kuni viloyat boshqarmasi va Bulungʻur tuman boʻlimi xodimlari tomonidan Samarqand shahar Gagarin koʻchasi 56-uy yonida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Samarqand tumani “Badal” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Sh. “COVID-19” kasalligini davolashda tavsiya etilgan, har qutisida 120 dona tabletkali jami 50 quti “Kurantil N25” dori vositasini har bir qutisini 300 ming soʻmdan hisoblab, jami 15 million soʻmga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?