“Covid-19”ga qarshi vaksina kimlarga foyda bermasligi mumkin?

00:03 22 Oktyabr 2020 Dunyo
387 0

Virusolog, tibbiyot fanlari doktori Anatoliy Altshteyn koronavirusga qarshi vaksina foyda bermasligi mumkin boʻlgan odamlar toifasi mavjud deb hisoblamoqda.

Avvalroq Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg organizmida COVID-19ga qarshi vaksina kiritilishi natijasida virusga qarshi antitanachalar yomon ishlab chiqariladigan toʻrt guruhni maʼlum qilgan va ularda orasida qariyalar, ichkilikbozlar, stress ostida boʻlganlar va yalligʻlanishga qarshi dori qabul qiluvchilarni qayd etgan edi.

Ammo Altshteynning fikriga koʻra, COVID-19 vaksinasi faqat immunitet tanqisligi boʻlgan odamlargagina foyda bermasligi mumkin.

“Boshqa holatlarda esa odamlarni antitanalarni ishlab chiqarish belgisiga koʻra ajratish juda qiyin”, deydi Altshteyn, zero, antitanachalar ishlab chiqarilishi sogʻliq holatiga emas, balki organizmning hech kim bilmaydigan xususiyatlariga bogʻliq ekanligini qoʻshimcha qilarkan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?