COVID-19dan vafot etgan jizzaxlik otaxonning 70 yoshli turmush oʻrtogʻi ham koronavirus tufayli hayotdan koʻz yumdi

16:10 30 Iyun 2020 Jamiyat
120 0

Illyustrativ foto

Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashovchi 70 yoshli onaxon F.O. (uning turmush oʻrtogʻi, koronavirusga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R.ning vafot etgani haqida avval xabar bergan edik) joriy yil 20-iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi.

23-iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Unga “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, boʻyin umurtqalari osteoxondrozi” tashxisi qoʻyilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, boʻyin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mahalliy shifokorlar bilan bir qatorda mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham nazoratga olinib, konsiliumlar oʻtkazilgan.

Soʻnggi kunlarda bemorning nafas, yurak va oʻpka yetishmovchiligi sababli ahvoli keskin ogʻirlashib, reanimatsiya boʻlimiga olingan.

Biroq mutaxassislarning standartlar asosida oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir miokard infarkti, oʻtkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?