“COVID-19”dan 1208 nafar bemor tuzaldi va rekord yangilandi

23:50 02 Avgust 2020 Jamiyat
379 0

Shifokorlarimizning matonatli mehnati sabab bugun mamlakatimiz hududlarida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 208 nafari sogʻaydi.

Jumladan, bemorlarning 678 nafari Toshkent shahrining 20 ta shifoxonasida va uy sharoitida davolanganlardir, shuningdek, 185 nafari Toshkent viloyatida, 103 nafari Samarqand viloyatida, 102 nafari Qashqadaryo viloyatida, 50 nafari Buxoro viloyatida, 35 nafari Andijon viloyatida, 20 nafari Surxondaryo viloyatida, 13 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Sirdaryo viloyatida, 9 nafari Fargʻona viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida kasallikdan forigʻ boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, sogʻayganlar koʻrsatkichi boʻyicha soʻnggi rekord natija kecha, 1-avgust kuni qayd etilgan boʻlib, oʻshanda mamlakatimizning turli hududlarida 835 nafar bemor tuzalgandi.

Shunday qilib, yurtimizda 16 507 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sogʻayish koʻrsatkichi 64 foizni tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?