COVID-19: JARda sherlar kunduzi ham avtomobil yoʻllarida uxlamoqda. Ular karantin tufayli odamlar yoʻqligini tushunishgan koʻrinishadi(Foto)

09:18 18 Aprel 2020 Lifestyle
2128 0

Janubiy Afrika Respublikasining Kryurger milliy parkida arslonlar anchadan beri xuvillab yotgan trassada uxlashyapti, deb xabar berdi BBC.

Park nazoratchisi Richard Souri ushbu holatni suratga tushirdi. U bu manzaralarni parkda patrullik qilib yurgan paytda koʻrib qolgan.

Park 25-martdan yopilgan, ammo Souri ishlashda davom etyapti.
 

U odatda arslonlar yoʻlga parkda hech kim boʻlmagan tungi paytlarda chiqishini taʼkidlar ekan, endi kunduzi ham boʻm-boʻsh trassada mizgʻib olishayotganini qoʻshimcha qilgan.

“Odamlar avtomobildagi odamlarga oʻrganib qolishgan. Barcha hayvonlarda yoʻlovchi qarshisida instinktiv qoʻrquv bor, shuning uchun men ularning oldiga oyoq bilan borishga qaror qilsam, tabiiyki bunga yoʻl qoʻyishmaydi”, — deya tushuntirdi Souri.
 

Richard Souri fotosuratlarni oʻz avtomobilidan mobil telefoniga tushirib olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?