“COVID-19 dunyoni oʻzgartirmoqda”: pandemiya davrida oziq-ovqat sohasidagi yangi trendlar

12:34 23 Iyul 2020 Dunyo
478 0

Koronavirus pandemiyasi sharoitida oziq-ovqat sohasiga yangiliklar kirib kelmoqda, ulardan biri insonlar yoppasiga sogʻlom ovqatlanishni maʼqul koʻrayotgani.

Ekspertlarning taʼkidlashicha, pandemiya davrida isteʼmolchilar asosan immunitetni koʻtarishga qodir boʻlgan mahsulotlarni xarid qilmoqda. Ilgari ovqatlanishda toʻyimlilik va qulaylik ustun boʻlgan boʻlsa, endilikda sogʻlom mahsulotni ongli ravishda tanlashga eʼtibor kuchaygan.

“Ai Palette“ platformasi va ”Frost and Sullivan" oʻz hisobotida shunday yozadi: ”Pandemiyadan oldin tez tayyor boʻluvchi mahsulotlar toʻliq ovqatlanish oʻrnini bosishi mumkin edi va ular iloji boricha qulay boʻlishi kerak edi. Pandemiya sogʻlom ovqatlanish qanchalik muhim ekanligini koʻrsatdi.

Sut immunitetni mustahkamlaydi

Masalan, soʻnggi 12 oy ichida Xitoyda sut va sut mahsulotlarini isteʼmol qilish sezilarli darajada oʻsdi. Sutning sogʻliq uchun foydali ekanligi toʻgʻrisida xabardorlik oshishi hisobiga bugungi kunda xitoyliklarning 96 foizi sut mahsulotlari, ayniqsa uning tarkibidagi laktoferrin oqsili tufayli, immunitetni oshirish mumkinligiga ishonishadi.

Energetik ichimliklar turgʻunlashmoqda, funksional ichimliklar tanlovi koʻpaymoqda

Sogʻlom ovqatlanish, shakar isteʼmolini kamaytirib, energetik va gazlangan ichimliklar isteʼmolini ham keskin tushirib yubordi. Buning oʻrniga, butun dunyo boʻylab funksional mahsulotlarga qiziqish uygʻongan.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, gazlangan alkogolsiz ichimliklar isteʼmolining kamayishi Osiyo, Xitoy, Yaponiya, Avstraliyada qayd etilgan, pandemiyagacha mazkur davlatlarda ushbu toifadagi koʻplab mahsulotlar anʼanaviy isteʼmol qilib kelingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?