Cotton Campaign Oʻzbek paxtasiga “boykot”ni bekor qilishi mumkin

16:42 18 Fevral 2019 Iqtisodiyot
251 0

Arxiv foto

4 fevral kuni Bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboyeva boshchiligida Vashingtonga ishchi tashrifi bilan borgan delegatsiya Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlariga qarshi “boykot” tashabbuschisi Cotton Campaign xalqaro koalitsiyaning yigʻilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Yigʻilishda huquqni muhofaza qilish tashkilotlari, ishlab chiqaruvchilar uyushmalari, riteylerlar va AQSH kasaba uyushma tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.

Cotton Campaign tarixida ilk bor delegatsiya vakillarining ishtiroki Oʻzbekiston Hukumatining inson huquqlari sohasidagi eng nozik masalalar boʻyicha dialog va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligi sifatida baholangan.

Paxta kampaniyasining asoschisi Bennet Freeman uchrashuvni ochib, Oʻzbekiston tarixiy ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirayotganini va mamlakatda tizimli majburiy mehnatni yoʻqotish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilayotganini taʼkidladi.

“Oʻzbekiston hukumati oʻn yilliklar davomida avj olgan majburiy mehnatni tugatish majburiyatini olgani bizni ruhlantiradi va biz hozirgi kunga qadar amalga oshirilmaydigan bu tarixiy vazifaning koʻp jihatlariga eʼtibor qaratmoqdamiz”, dedi Bennet Freeman. 

Yigʻilish qatnashchilariga Oʻzbekiston qonunchiligidagi soʻnggi oʻzgarishlar va majburiy mehnatning oldini olish va butunlay yoʻq qilish boʻyicha amaliy choralar, fermerlarning ixtiyoriy mehnatini ragʻbatlantirish va fermerlikni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish, agrosanoat majmuini isloh qilish, agrosanoatni rivojlantirish va paxtachilik jarayonlarini mexanizatsiyalash boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, ular majburiy mehnatni oldini olish, bozorga asoslangan paxta ishlab chiqarish mexanizmlariga oʻtish va toʻqimachilik sanoatida standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha institutsional tizimni va maʼmuriy mexanizmlarni kuchaytirish boʻyicha rejalar alohida qayd etildi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan qonunlar va hukumat qarorlarining hududiy darajada samarali tatbiq etilishi, paxta terimiga noqonuniy jalb qilish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro aloqalarni kuchaytirish va kasaba uyushma harakatlarini mustahkamlash masalalari alohida muhokama qilindi.

Munozara kun tartibidagi eng asosiy mavzulardan biri “paxta boykot”ini toʻxtatish masalasi edi.

Uchrashuvda toʻqimachilik tovarlari va brendlari boʻyicha tegishli hartiyaning doimiy emasligi va u davomiy oʻzgarishlar dinamikasi va islohotlarida uning qayta koʻrib chiqilishi mumkinligi qayd etildi. Shu nuqtai nazardan koalitsiya vakillari 2019 yilgi paxta mavsumida oʻsishga erishishning muhimligini taʼkidladi.

Umuman olganda, Cotton Campaign vakillari maslahatlashuvlarni konstruktiv, deb taʼriflagan va kelgusida ochiq muloqot va samarali hamkorlikning amaliyotini davom ettirilishiga umid bildirgan.

“Muzokaralarimiz jiddiy, konstruktiv va ijobiy boʻlib, soʻnggi yutuqlar va asosiy bartaraf etish lozim boʻlgan muammolarga qaratildi”, dedi Koalitsiya rahbari Bennet Freeman.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?