“Chelsi” bosh murabbiyini iste’foga chiqardi

15:34 13 Iyul 2018 Sport
1054 0
Foto: Daily Express

Angliyaning “Chelsi” futbol klubi bosh murabbiy Antonio Konteni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy saytida bayonot berilgan.

“Kontening murabbiylik davrida biz oltinchi marta APL, sakkizinchi marta Angliya Kubogida g‘olib chiqdik. Chempionlikka erishgan mavsumimizda Premyer liganing 38 o‘yinidan 30tasida g‘alabaga erishib, klub rekordini o‘rnatdik. Shuningdek, liganing 13 o‘yinida ketma-ket g‘alaba qozonishimiz ham rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.

Antonioning kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilaymiz”, - deyiladi bayonotda.

48 yoshli italiyalik mutaxassis 2 yil davomida “Chelsi”ga ustozlik qildi. Uning qo‘l ostida “ko‘klar” jami 106 rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 69ta g‘alaba, 17ta durang va 20ta mag‘lubiyat qayd etishdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Chelsi” bosh murabbiyi lavozimiga “Napoli” murabbiyi Mauritsio Sarri kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?