Chungvon Choy Oʻzbekiston Prezidenti shaxsan taekvondoga qiziqishini eʼtirof etdi

Xabaringiz bor, bugun Toshkentda kadetlar oʻrtasida jahon chempionati start oladi. Shu munosabat bilan kecha yurtimizga Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungvon Choy tashrif buyurdi. Martabali mehmon Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi va oʻsha yerning oʻzida OAV xodimlariga qisqa intervyu berdi.
Bundan ikki yil oldin Oʻzbekistonga tashrif buyurgandim. Bu safar kadetlar oʻrtasidagi jahon chempionati sabab mamlakatingizga keldim. Bu yerda jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish uchun juda yaxshi tayyorgarlik olib borilgani koʻrinib turibdi.
Avvalgi tashrifim davomida Toshkentda “Prezident kubogi”ni tashkil etgandik, shuningdek, yana bir qator musobaqalarni oʻtkazganmiz. Jahon chempionatidek nufuzli musobaqalarni oʻtkazish uchun Oʻzbekistonda moddiy-texnik baza imkoniyatlari yetarli. Eng asosiysi, Respublika Prezidenti janob Shavkat Mirziyoyev shaxsan ushbu sport turiga qiziqadilar. Shu sababdan ham mazkur chempionatni Oʻzbekistonga ishonib topshirdik.
Umid qilamanki, ushbu musobaqa Oʻzbekiston uchun oldinda turgan nufuzli musobaqalar, jumladan Tokio 2020 Olimpiadasiga muvaffaqiyatli natija qayd etish yoʻlida ahamiyatga ega boʻladi", - dedi Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungvon Choy.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Iqtisodiyot universiteti besh kunlik taʼlim tizimiga oʻtdi
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: