O‘zbekistonda yirik sanoat choy plantatsiyalari tashkil qilinadi

09:58 04 Iyul 2018 Jamiyat
1124 0
Yandex foto

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Choy yetishtirishni tashkil etish va aholini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli choy hamda choy mahsuloti bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”gi qaror qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Unga ko‘ra, Choy yetishtirishni rivojlantirish ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifasi choy urug‘lari va ko‘chatlarini tayyorlashni tashkil qilish, bu sohada mehnat qilayotgan fermer xo‘jaliklari hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, choy yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va yirik sanoat choy plantatsiyalarini tashkil qilish hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?