Chorva hayvonlarini sugʻurta qilish tartibi belgilandi

13:53 03 Oktyabr 2019 Jamiyat
78 0

Hukumat qarori bilan Aholi xonadonlarida va chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva hayvonlarini sugʻurta qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, chorva hayvonlarini sugʻurtalash uchun sugʻurta qildiruvchining ogʻzaki yoki yozma murojaati boʻyicha ixtiyoriy ravishda sugʻurtalovchi bilan shartnoma tuziladi.

Sugʻurta qildiruvchi sugʻurta mukofoti toʻlaydi va unga sugʻurta polisi beriladi.

Sugʻurta hodisasi (sugʻurtalangan hayvonning nobud boʻlishi, oʻgʻirlanishi va majburan soʻyilishi) roʻy berganda bu haqda dalolatnoma tuziladi.

Sugʻurta qildiruvchining arizasi va taqdim etilgan tegishli hujjatlarga asosan sugʻurta tovoni toʻlab beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?