Chortoqda tugʻilgan uch egizak qizaloqlarga Ziroatxon, Saida va Shahnoza ismlari qoʻyildi

09:52 04 Fevral 2020 Jamiyat
2815 0

“Xalq so`zi ONLINE”

“Xalq soʻzi ONLINE”. Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Chortoq tumanidagi “Navbahor” mahallasida istiqomat qiluvchi Adhamjon Qodirov va Odinaxon Altimeshovalar xonadonida kamol topayotgan uch qizning yoniga yana uch qizaloq qoʻshildi. Gap shundaki, joriy yilning yanvar oyida oilada uch egizak dunyoga keldi. Chaqaloqlarga havas bilan Ziroatxon, Saida va Shahnoza, deb ism qoʻyishdi.

Odinaxon Altimeshova asli Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanidan. U Chortoqqa kelin boʻlib tushgan. Hozirda roʻzgʻor yumushlari, farzandlar tarbiyasi bilan band. Turmush oʻrtogʻi Adhamjon Qodirov esa qoʻli gul usta.

Ayni kunda uch egizak sogʻlom rivojlanmoqda. Oila quvonchidan qoʻni-qoʻshni, qarindoshlar ham xursand. Kuni kecha xonadonga tuman hokimligi vakillari tashrif buyurishdi. Hokimning birinchi oʻrinbosari Akmaljon Umrzoqov va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Adiba Asroqulovalar yoʻqlov asnosida qutlugʻ xonadon egalariga sovgʻalar topshirishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?