Chortoqda ish boshlagan “Yoshlar mehnat guzari”da 45 nafar yigit-qizning bandligi taʼminlandi

13:04 30 Noyabr 2018 Jamiyat
673 0

Foto: “Xalq soʻzi Online”

“Xalq soʻzi Online”. Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Chortoq tumanining Beshkapa MFY hududida barpo etilgan ikki qavatli binoda “Yoshlar mehnat guzari” ish boshladi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 27 iyundagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida bunyod etilgan guzar 45 nafar yigit-qizni oʻz bagʻriga oldi. Ular avtomobillarni taʼmirlash ustaxonasi, kitob doʻkoni, sartaroshxona singari koʻplab shoxobchalarda aholiga xizmat koʻrsatadilar.

Foto: “Xalq soʻzi Online” 

“Loyiha ijrosi uchun ayni paytgacha 2,3 milliard soʻm sarmoya yoʻnaltirildi. Hali guzarda bunyodkorlik ishlari davom etadi. Xususan, keyingi bosqichda bu yerda 20 oʻrinli oʻquv markazi hamda tikuvchilik sexini ishga tushirish koʻzda tutilgan. Tikuvchilik sexida 64 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlanadi”, - deydi “Chortoqravonservis” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Tohirjon Boydadayev.

Foto: “Xalq soʻzi Online” 

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?