“Chorsu” savdo markazi narxi 10 foiz arzonlashtirildi

12:29 28 Avgust 2020 Iqtisodiyot
256 0

“Chorsu” savdo markazi boshlangʻich narxi oʻn foiz (30,35 mlrd soʻm)ga pasaytirilgan holda 273,15 mlrd soʻm narxda “E-Auksion” savdo maydonchasiga qayta qoʻyildi. Bu haqda «Davaktiv» agentligi maʼlum qildi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Chorsu maydonida joylashgan savdo markazining umumiy maydoni 40 704 kv.m.ga teng.

Auksion muddati 2020-yil 25-sentyabrga belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?