“Choʻntak” oʻz idorasiga ega boʻldi

10:26 18 Avgust 2020 Jamiyat
148 0

Har bir fuqaroning ilk borar manzili mahalla fuqarolar yigʻinidir. Shunday ekan, hudud idorasi barcha sharoitlarga ega boʻlmogʻi kerak. Ana shu maqsadda olib borilayotgan ishlar tufayli Oltinkoʻl tumanidagi “Choʻntak” mahallasiga yangi idora binosi qurib bitkazildi. “Andijon omad fayz” MCHJ tomonidan 110 million soʻm mablagʻ evaziga qad rostlagan binoda fuqarolarni qabul qilish, murojaatini oʻrganish, oilaviy masalalarni tahlil qilish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

— Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi mahallamizda yashovchi 625 ta oila aʼzolarining Mustaqillik ayyomi arafasidagi bayram sovgʻasi boʻldi, -deydi mehnat faxriysi Odinaxon Ahmadaliyeva. — Bu kabi eʼtiborga javoban har birimiz mahallamiz obodligini taʼminlab, oilalardagi ahillikni asrashimiz kerak.

Viloyatda mahalla idoralarini taʼmirlash va yangisini qurish ishlari davom etmoqda.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?