Chiroqchida tibbiyot muassasasi xodimi maktab o‘quvchisini urib o‘ldirdi

16:42 16 Aprel 2018 Jamiyat
456 0

 

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 14 aprel kuni soat taxminan 20.00da “Dam” qishlog‘ida yashovchi Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi sanitari, 1994 yilda tug‘ilgan J. Qo‘ldoshev shu qishloq hududida o‘zaro janjal oqibatida hamqishlog‘i, o‘rta maktab o‘quvchisi 2004 yilda tug‘ilgan Q. Valiyevni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Q. Valiyev olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
J. Qo‘ldoshev qo‘lga olingan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?