Chiroqchida tarvuzga haykal tiklandi

14:16 16 Oktyabr 2019 Jamiyat
793 0

Yurtga birinchilardan boʻlib tarvuz yetishtirib beradigan joy - qishlogʻimiz Koʻkdala ostonasida tarvuzga haykal qoʻyilibdi. Choynak-piyolaga, laganga, kitobga haykal tiklanganini koʻrganda, kishiga ozgina zavq keladi, tarvuzni koʻrib, poliz mahsulotlari hadisini olgan oʻtamaylilik, koʻkdalalik dehqonlar shaʼniga yaxshi ish qilinibdi, deb oʻyladim. Baxayr boʻlsin! Zora, sayyohlar ham bir tilik tarvuz uchun Chiroqchiyu Koʻkdalamizgayam qadamranjida qilib, serqatnov boʻlib ketsa. Sharoit, imkoniyat, servis rivojlansa...

Jasur Kengboyev (surat)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?