“Chiroyli” avtoraqamlarning toifalari hamda narxlari oʻzgardi

16:55 04 Iyun 2020 Iqtisodiyot
4075 0

Hukumat qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan toʻlov stavkalari boʻyicha berishda “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, “chiroyli” raqamlar 6 ta toifaga ajratildi (ilgari 3 ta toifa edi).

Shuningdek, ayrim “chiroyli” raqamlarning boshlangʻich narxlari va toifalari ham oʻzgardi.

Xususan, 333, 444, 666, 999 raqamlar kombinatsiyasi 1-toifadan 2-toifaga oʻtkazilgan boʻlsa, 003, 004, 006, 008, 009, 030, 040, 303, 400, 404, 600, 900, 909 kabi raqamlar 2-toifadan 3-toifaga oʻtkazildi.

Toshkent shahridagi 2-toifa raqamlarining boshlangʻich narxi agar ular har xil kombinatsiyadagi harflar bilan boʻlsa bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (ilgari 40 baravar), bir xil kombinatsiyadagi harflar bilan boʻlsa bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari (ilgari 50 baravar) etib belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?