“Chiroyli” avtoraqamlar savdosidan O‘zbekiston g‘aznasiga 409 million so‘m tushdi

17:28 16 Mart 2018 Iqtisodiyot
522 0


2018 yil 5 martdan 11 martigacha bo‘lgan davr mobaynida birjaning onlayn auksionlari orqali 33 ta avtomobil raqam belgilari sotildi. 
Bu haqda O‘zbekiston tovar xomashyo birjasining maxsus axborot portali tomonidan ma’lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, chiroyli raqamlardan 28 tasi jismoniy shaxslarga, 5 tasi yuridik shaxslarga sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 409 million so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning deyarli 64% oliy toifadagi avtoraqamlarga, 21% bitimlar 2 toifa avtoraqamlar va 15% bitimlar 3-toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 33 foizga yetdi. Keyingi o‘rinni Farg‘ona viloyati — 18 foiz, uchinchi o‘rinda esa Andijon va Samarqand viloyati xaridorlari 15 foiz ulush bilan egalladi. Qolgan viloyatlarning umumiy ulushlari 19%ni tashkil etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?