Chirchiqdan Olmaotaga xalqaro avtobus yoʻnalishi ochildi

Foto: Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi
Joriy yilning 14 noyabr kunidan eʼtiboran Chirchiq-Olmaota yoʻnalishida xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston tomondan tashuvchi “Oʻzavtotrans Servis” UK, Qozogʻiston tomonidan esa tashuvchi “Oʻrda” firmasi xizmat koʻrsatadi. Yoʻlovchilar bugungi kunda eng zamonaviy va bir qator qulayliklarga ega boʻlgan“VANHOL” avtobuslarda oʻz manzillariga yetkaziladi.Mazkur yoʻnalish masofasi 818,0 km. boʻlib qatnovga 16 soatu 30 daqiqa vaqt sarflanadi. Yoʻlkira haqi tashuvchilar tomonidan Chirchiqdan Ushkunur avtostansiyasigacha – 150 ming soʻm. Ushkunurdan Chirchiqgacha esa – 6 ming tenge qilib belgilandi. Yoʻnalishdagi qatnov “Turkiston” (Oʻzbekiston), “Qazigʻurt” (Qozogʻiston) nazorat oʻtkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.

Bugungi kungacha Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan xalqaro avtobus yoʻnalishlari soni 11 taga yetdi. Shulardan 5 tasi Qozogʻiston Respublikasiga “Toshkent-Chimkent” (yanvar oyidan), “Toshkent-Olmaota”(aprel oyidan), “Toshkent- Qiziloʻrda”(iyul oyidan), “Nukus-Ushkunur”(avgust oyidan), “Chirchiq-Ushkunur”(14 noyabrdan) yoʻnalishlarida amalga oshirilmoqda.
Qirgʻiziston Respublikasiga 1 ta “Toshkent-Bishkek” yoʻnalishida joriy yilning may oyidan buyon yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatilmoqda.
Tojikiston Respublikasiga shu kunga qadar 4 ta “Toshkent-Xoʻjand”(may oyidan), “Termiz-Dushanbe” (sentyabr oyidan), “Denov-Dushanbe” (sentyabr oyidan), “Samarqand- Panjikent”(sentyabr oyidan) yoʻnalishlari ochildi.

Rossiya Federatsiyasiga 1ta “Toshkent-Nijniy Novgorod” yoʻnalishida sentyabr oyidan eʼtiboran qatnovlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu yoʻnalishlarda kuniga 15-16 ta avtobus xizmatidan oʻrtacha 600-700 ta yoʻlovchi foydalanmoqda. Yoʻnalishlar ochilgandan boshlab 62 000 dan ortiq yoʻlovchilar xalqaro yoʻnalishlarda oʻz manziliga yetkazildi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: