Chirchiqda aksilterror oʻquv-mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi

14:36 25 Avgust 2018 Jamiyat
126 0
Arxiv foto

Bugun Chirchiqdagi sanoat korxonalaridan birida Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralarining aksilterror oʻquv mashgʻulotlari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Gazeta.uz DXX Chegara qoʻshinlari maʻlumotiga asoslanib xabar berdi.

Tadbirga DXX, ichki ishlar, mudofaa, favqulodda vaziyatlar, Bosh prokuratura va boshqa tuzilmalar boʻlinmalari, qolaversa, Toshkent viloyati hokimligi vakillari jalb etiladi.

Mashgʻulotlar doirasida huquq-tartibot va qutqaruv idoralari, jumladan, yongʻin xavfsizligi va tibbiy yordamning favqulodda vaziyatlardagi harakatlari ishlab chiqiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?