Chirchiqda abituriyentlar ijodiy imtihon topshirdi

16:01 09 Sentyabr 2020 Jamiyat
812 0

Chirchiq davlat pedagogika institutining Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishiga kunduzgi, kechki va sirtqi boʻlimlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun oʻtkazilgan ijodiy imtihonlar nihoyasiga yetdi.

Ushbu sinov natijalari bilan institut rasmiy sayti (www.cspi.uz) orqali tanishish mumkin.

Ayni paytda institutning jismoniy madaniyat, musiqa taʼlimi, maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda sport tarbiyaviy ishi yoʻnalishlari boʻyicha hujjat topshirgan abituriyentlar ijodiy (kasbiy) imtihon topshirishmoqda.

Oʻz bilimini sinovdan oʻtkazayotgan barcha yoshlarga omad tilab qolamiz!

Shodiyor MUTAHAROV
(Xalq soʻzi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?