Chirchiq daryosining bir qismida tibbiyot chiqindilari toʻplanib qolgani rostmi? — vaziyatga oydinlik kiritildi

19:29 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
160 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq daryosining Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani hududidan oqib oʻtuvchi qismida tibbiyot chiqindilari toʻplanib qolganligi haqida postlar tarqalgan.

Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Quyichirchiq tuman inspeksiyasi hamda Sanitariya epidemiologiya markazi xodimlari hamkorligida holat joyiga chiqib oʻrganildi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, oʻrganish jarayonida murojaat oʻz tasdigʻini topdi. Tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan noxush holat bartaraf etildi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?