Chiptaxonalarda navbat elektron tarzda tashkil etilmoqda

10:09 23 Iyul 2019 Iqtisodiyot
93 0

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan yoʻlovchilarga Toshkent markaziy hamda Toshkent janubiy temir yoʻl vokzallari chiptaxonalariga elektron navbat, monitorlar, elektron tablo ushbu oʻrnatildi. Natijada endilikda har ikkala vokzalga kelgan yoʻlovchi, elektron navbat olib, zalga oʻrnatilgan monitorlarni kuzatib turishi imkoniyatiga ega boʻldi.

Navbat hamda kassa raqami monitorda koʻrinishi bilan, chipta xarid qilish uchun oʻsha kassaga borib murojaat qilishi mumkin. Bu, birinchi galda, kassalar oldida uzundan-uzun navbatga turish va turli tushunmovchiliklarning oldini olsa, ikkinchidan, operatorlar tomonidan yoʻlovchilarga sifatli va tez xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Chiptaxona zaliga oʻrnatilgan elektron tablodan esa yoʻlovchilar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ veb-saytiga kirib poyezdlar harakat jadvali va boshqa maʼlumotlarni olishlari mumkin.

Yana bir muhim yangilik, Toshkent markaziy temiryoʻl vokzali chiptaxona zalida oʻrnatilgan katta ekranda qaysi poyezdga va qaysi vagonda chipta bor yoʻqligi koʻrinib turadi. Bu ham yoʻlovchilarga katta qulaylik yaratadi.

Jamiyat tomonidan chiptaxonalarga oʻrnatilgan mazkur elektron uskunalar sinov tariqasida ishlatilmoqda. Kelajakda bunday qulayliklar respublikamiz hududlaridagi temir yoʻl vokzallarida ham joriy qilinishi koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?