Chipta pullari yoʻlovchilarga qaytariladi

13:45 10 Iyul 2020 Jamiyat
240 0

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navroʻz Ashurmatov ishtirokida karantin cheklovlari boʻyicha Respublika maxsus komissiyasi qarori yuzasidan brifingda maʼlum qilindi.

2020-yil 10-iyulidan 1-avgustga qadar boʻlgan muddatda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ da 5900 ta chipta sotilgan. Karantin choralari kuchaytirilib, poyezdlar qatnovi toʻxtatilgani sababli yoʻlovchilarga sotib olingan chipta pullari qaytariladi.

“Uzbekistan airways“ AJ tomonidan ”Toshkent-Nukus“, ”Toshkent-Urganch“, ”Toshkent-Termiz” yoʻnalishlarida 13-iyuldan 1-avgustga qadar boʻlgan muddatga 332 ta aviachipta sotilgan. Sotib olingan aviachiptalarning amal qilish muddati bir yilgacha haqiqiy hisoblanadi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashib aviaqatnovlar tiklanganda, yoʻlovchilar avval sotib olgan chiptalari bilan bemalol parvoz qilishi mumkin.

Toshkent shahridagi avtobuslarda harakatlanish maqsadida iyul oyi uchun sotib olingan oylik yoʻl chiptalari «Toshshahartrans» AJning oylik yoʻl chiptalari va jetonlar sotish boʻlimi tomonidan joriy yilning 1-avgustidan 10-avgustigacha qaytarib olinadi va foydalanilmagan kunlar uchun pul mablagʻlari qaytariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?