Chinozda 50 gektar maydonda issiqxona barpo etilmoqda

16:12 10 Avgust 2020 Iqtisodiyot
433 0

“Xalq so`zi ONLINE”

Chinoz tumanining “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi “Oxunboboyev” massivida 50 gektar maydonda limon yetishtirishga moʻljallangan yirik issiqxona qurilishi boshlandi.

Umumiy qiymati 61 milliard soʻm boʻlgan ushbu loyihani kelgusi yilning birinchi choragida ishga tushirish koʻzda tutilgan. Maʼlumki, limon koʻchatlari uch yilda hosilga kiradi. Shu bois ana shu muddat davomida oraliq ekinlardan daromad olish moʻljallanmoqda.

Biznes rejaga muvofiq, dastlabki ikki yilda 3,7 tonna bulgʻor qalampiri, baqlajon va qulupnay, uch yildan keyin esa 960 tonna limon yetishtiriladi.

Eng asosiysi, dastlabki yildan boshlab sabzavotlarni eksport qilish, xususan, birinchi va ikkinchi yillarda 1 million AQSH dollari, uchinchi yilda esa 1,1 million dollar qiymatidagi sabzavotlarni xorijga joʻnatish rejalashtirilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, issiqxona foydalanishga topshirilgach, 600 nafarga yaqin aholining bandligi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?